SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Dekabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
345689
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Arab tarixchisi Ibn Xallikon tavallud topgan kun
1211-09-23

Arab tarixchisi Ibn Xallikon

 Ibn Xallikon Ahmad ibn Muhammad ibn Shamsuddin Abulabbos al-Barmakiy al-Arbidiy ash-Shofi'iy (1211.23.9, Arbil - 1282.21.10) -iroqlik arab tarixchisi. Halab va Damashqda tahsil ko’rgan, Qohirada o’qigan (1238). 1261 yil Damashqqa qozi-kalon qilib tayinlangan. Keyinchalik Qohira qozikaloni yordamchisi va «Al-Faxriyya» va boshqa madrasalarda dars bergan. 1256-74 yillarda «Vafayot ul-a'yon va anbo' abno' iz-zamon» («Mashhur kishilar vafoti va zamondoshlar haqida xabarlar») nomli yirik asar yozgan. Unda mashhur olim va adiblar tarjimai holi (xususan, movaroun-nahrlik olimlar to’g’risida), Xuroson va Movarounnahrda Arab xalifaligi davrida ro’y bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar (Muqanna voqeasi va boshqalar), xalifalikdan ajrab chiqqan sulolalar (tohiriylar, safforiylar, somoniylar) tarixiga oid, shuningdek, Yaqin va O’rta Sharqning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti haqida qimmatli ma'lumotlar berilgan. Bu asar Gyottingen (1835-43), Parij (1838-42), Qo­hira (1892), Tehron (1867) va Istanbul (1863) da nashr etilgan.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2002.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan