SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
      1
234578
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     
Yozuvchi Jazue Karduchchi tavallud topgan kun
1835-07-27

Jazue Karduchchi 1835-yil 27-iyul kuni Toskana Valdikastelloda dunyoga keladi. Ilk ijodi Italiyani birlashtirish g’oyalari bilan sug’orilgan (“Yoshlik she’rlari” 1860-yil, “Yengil mashaqqat” 1860-yil). Jozue Karduchchi 19-asrning 60-yillarida milliy-ozodlik harakati rahbarlari J. Madzini va J. Garibaldi tarfdorlari sifatida bo’lgan. Keyinchalik Birlashgan Italiya harakatining faol a’zosiga aylangan. 1863-yil “Shayton huzuriga” dostoni, 1882-yil “Yamblar va epodlar” va boshqa she’riy to’plamlarida Italiya ozodligi yo’lida kurashgan jangchilar jasorati aks ettirilgan. 1877-1893-yillar “Yovvoyilik qasidalari” she’riy asarlarida mavjud voqelik tasviri hamda adabiyotga xos ko’tarinki ruh ustunlik qiladi. Jozue Dante, Petrarka, Bokkacho va boshqalar haqidagi ilmiy maqolalar muallifi. 1906-yilda Nobel mukofoti laureati bo’lgan. Italyan shoiri va adabiyotshunosi 1907-yil16-fevral kuni Bolonya shahrida vafot etdi.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan