SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun
1989-09-13

1989 yil 13 sentyabr – Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun. O’zbekiston Respublikasida badiiy ijod sohasidagi eng oily mukofot. O’zbekiston Respublikasining madaniy hayotida katta voqea bo’lgan, milliy qadriyatlar xazinasini boyitgan adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi eng yorqin va sermazmun asarlar uchun beriladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 13 fevraldagi qarori bilan mukofotni berish tartibi takomillashtirilgan. 1996 yil 13 fevraldan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan har 3 yilda bir marta Mustaqillik bayrami arafasida beriladi. Mukofotga taqdim etilgan ishlarni tavsiya etish, muhokama qilish va mukofotlash bilan bog’liq boshqa ishlarni bajarish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Adabiyot, san’at va me’morchilik bo’yicha Davlat mukofotlari qo’mitasi tuzilgan. Mukofotlanganlarga Alisher Navoiy tasviri tushirilgan medal’ va tegishli guvohnoma topshiriladi. 1991 yilda 9 kishi, 1994 yilda 12 kishi shunday mukofotga sazovor bo’lgan.

Ma’limot: O’zbekiston Respublikasi ensiklopediyasi. “Qomuslar bosh tahririyati”. T.1997.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan