SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Xalqaro turnir bo’lib o’tdi
1998-09-06

Har qanday xalqning milliy ananasi, shu millatning hayot ehtiyoji, turmush taqozosi natijasida dunyoga keladi. Millatimizning faxri bo’lgan kurash an’anasi yoki davra kurashi bir necha ming yillik tarixga ega bo’lib, o’zida o’zbek xalqining urf-odatlari, udumlarini mujassamlashtirgan o’ziga xos san’at. Kurash ananasini ozbek xalqi koz qorachigidek asrab, avaylab avlodlarga meros qilib, shu kungacha yetkazib keldi. Bu an’ana shu xalqning turmush talabidan, zaruratidan kelib chiqqan ma’naviy boyligi. Kurash an’anasi xalqimiz g’ururi va kuch-qudratining timsoli bo’lib, yigit-qizlarimizni epchil, jasur, mard, kuchli, kamtarin, mehnatsevar va vatanparvar qilib tarbiyalashda tengi yo’q qadriyat sanaladi. Shu bilan bir qatorda bu an’ana o’zining ko’p qirraliligi va jozibadorligi bilan ham sharq mamlakatlarida mashhur bo’lgan. Davra kurashi kishi qalbini tog’dek ko’tarish, ruhlantirish, hatto tomoshabinda kuch-g’ayratni jumbushga keltirishdek xislatga, ohangraboga ega. Davra kurashi jang va musobaqa yo’nalishidan farq qiladi. Polvonlar o’z kuch-qudratlarini to’yu tomoshalarda, sayllarda, bayramlarda namoyish qilganlar, karnay-surnay sadolari ostida kurashganlar. Chiroyli harakatlar qilib, o’ynab-kulib bellashganlar. Polvonlarning dam olish vaqtida kurash maydonida yoki davrasida qo’chqor urushtirish, qiziqchi va baxshilarning chiqishlari bo’lgan. Shundan so’ng kurash yana davom etgan. Davra kurashi doira shaklidagi tekis, lekin qattiq yerda o’tkazilgan. Polvonlarning kiyimi kalta yaktak-jundan to’qilgan. U yaktakni kiyganda tizzasidan yuqori turishi shart bo’lgan. Demak, kalta yaktak va oq ishton kiyib, yalangoyoq davraga chiqish udum sanalgan. Davra kurashi an’analarimizga binoan eng kichik 4-5 yoshli bolalarning bellashuvidan boshlanadi. Bolalardan keyin 7-8 yoshdagilar, so’ng 10-15 yoshli o’smirlar kurash tushadilar. Shundan so’ng, katta yoshdagi polvonlarga navbat keladi. To’ylarda, har xil sayllarda, uzoq yurtlardan kelgan nomdor polvonlar kurashiga odamlarning qiziqishi haddan tashqari yuqori bo’lgan. Polvonlar orasida dong’i ketgan, kuragi yerga tegmaganlari bo’lsa-yu, ularga talabgor topilmasa, u g’olib deb e’lon qilingan. Darhaqiqat, xalqimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etib kelayotgan, ajdodlarimiz merosi hisoblangan kurash an’anasi, urf-odatlari, udumlari halollik, poklik qonuniyati asosida tarixan rivojlanib, xalqimizning ma’naviy boyligi sifatida ajdodlarimizga yetib kelgan. Demak, buyuk meros (davra kurashi) ajdodlar bilan avlodlarimizni bog’lovchi asosiy halqalardan biri hisoblanadi.

Ma’lumot: Milliy g’urur-ma’naviy komillik mezoni. “Dizayn-Press”. T.2011

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan