SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
171819202122
23242526272829
Telefon aloqasi ishga tushirilgan kun
1904-09-15

1904 yil 15 sentyabr – Telefon aloqasi ishga tushirilgan.   O’zbekistonda umumiy foydalaniladigan 200 raqamli dastlabki telefon stansiyasi Toshkentda 1904 yil 15 sentyabrda ishga tushirilgan. Telefon tarmog’i bir simli bo’lib, yer ikkinchi o’tkazgich vazifasini bajargan. 1924 yilga kelib stansiyalarining sig’imi 1700 raqamni tashkil etdi. Telefonlar faqat shaharlardagina bor edi 1932 yil Toshkentda 5500 raqamli birinchi avtomatik telefon stansiyasi (ATS) ishga tushirildi. Shu davrdan telefon tarmoqlarini rivojlantirish ATSni joriy etish yo’nalishida rivojlandi. 1940 yilda O’zbekistonda montaj qilingan umumiy sig’imi 17,5 ming raqamli 118 telefon stansiyasi ishladi.

Ma’lumot: O’zbekiston Respublikasi ensiklopediyasi. “Qomuslar Bosh tahririyati”. T.1997.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan