SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
131415161719
20212223242526
2728293031  
O’zbekiston xalq shoiri Sobir Abdulla tavallud topgan kun
1905-09-05

O’zbekiston xalq shoiri Sobir Abdulla

                Sobir Abdulla (Abdullayev Sobir) 1905 yil 5 sentyabrda Qo’qon shahrida tug’ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (1965). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1944). Dastlab eski maktab, so’ng “usuli jaded” maktabini tugatgach, Qo’qondagi pedagogika bilim yurti (1922-24), Toshkentdagi mahalliy kadrlarni tayyorlash kursi (1924-26)da o’qigan. Ilk she’rlar to’plami –“Erk ilhomlari” (1931). Shundan keyin uning “Navbahor” (1931), “Ko’klam na’rasi”, “Zavq” (1932), “Gulshan” (1939), “So’z va soz” (1943), “Davr qo’shiqlari”, “Zavq” (1949), “Hayot gulshani” (1959), “Hayot qo’shiqlari” (1962), “Devon” (1965) kabi she’riy kitoblari nashr etilgan. She’riy ijodi lirika, hajviyot va dostonlardan iborat. 1940 yil sahnalashtirilgan “Tohir va Zuhro” (1939) asari mashhur. Nasriy asarlar ham yozgan (“Mavlono Muqimiy” – 1965, roman va boshqa). 1972 yil 24 oktyabrda Toshkent shahrida vafot etgan.

Ma’lumot: XX asr o’zbek she’riyati antologiyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2007.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan