SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Zomin tumani tashkil topgan kun
1926-09-29

Zomin tumani - Jizzax viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. (1962 yil 24 dekabrda Jizzax tumani bilan birlashtirilgan, 1964 yil 31 dekabrda qayta tuzilgan). Shimolda viloyatning Zarbdor tumani, g’arbda Baxmal va Jizzax tumanlari, sharqda, shimoliy-sharqda Yangiobod tumani, janubiy-sharq­da Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 2,87 ming km2. Aholisi 120 ming kishi (2001). Zomin tumanida 2 shaharcha (Dashtobod, Zomin) va 11 qishloq fuqarolari yig’ini (Beshkubi, Gulshan, Duoba, Navoiy, Obihayot, Tinchlik, Toshkesgan, Chorvador, Shirin, Yangihayot, G’allakor) bor. Markazi - Zo­min shaharchasi.

Tabiati. Zomin tumanining shimoli, markaziy va sharqiy qismi pasttekislik, jananubiy-g’arbi qir, adir va tog’lardan iborat. Yer yuzasi shimoldan janubga tomon ko’tarilib boradi. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, quruq, qishi bir oz sovuq. Yanvarning o’rtacha temperaturasi - 1,5°, iyulniki 32°. Yillik yog’in 350-360 mm. Vegetatsiya davri 240 kun. Adir qismi qumtosh, qum, mergel, lyosslardan tu­zilgan, usti chaqirtoshlar bilan qoplangan. Jarlar va yozda qurib qoladigan soylar bor. Bahorda soylar to’lib oqadi. Shimoli va markaziy adirlarning tuprog’i lyoss ustida hosil bo’lgan bo’z, och bo’z, tipik bo’z tuproqlardan, janubiy qismidagi adirlar gipsli och bo’z tuproqlardan tarkib topgan. Tekisliklarda bo’zqo’g’ir tuproq.- Tuman hududidagi Zominsoy daryosi, Achchisoy, Peshag’arsoy, Uvolsoy, Turkman, Jaloir, Xo’jamushkentsoydan sug’orishda foylalaniladi. Ekin ekilmaydigan yerlarda sho’ra, shuvoq, yantoq, kovrak,  oqquray va boshqalar o’sadi. Janubi tog’li qismi (Turkiston tog’i)da qalin archazorlar, tabiiy o’rmonlar bor. Zomin tumanida 3omin tog’-o’rmon davlat qo’riqxonasi, Zomin xalq bog’I joylashgan. Yovvoyi hayvonlardan ayiq, bo’ri, silovsin, chiyabo’ri, tulki, kiyik, arxar, kushlardan burgut, lochin, qirg’ovul, kaklik, o’rdak yashaydi. Suv havzalarida baliq turi ko’p. Aholisi, asosan, o’zbeklar. Shuningdek, qirg’iz, rus, tatar, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1km2 ga 42 kishi to’g’ri keladi. Shaharliklar 23 ming kishi.

Xo’jaligi. Qishloq xo’jaligida g’allachilik va chorvachilik asosiy o’rinni egallaydi. Tumanda shirkat, fermer, jamoa xo’jaliklari, 2 o’rmon xo’jaligi mavjud. 197 ming ga yerda dehqonchilik qilinadi. G’alla, poliz, sabzavot, yem-hashak ekinlari, kartoshka yetishtiriladi. Pichanzorlar, yaylovlar, tokzorlar va ko’chatzorlar bor. Qoramol, qo’y-echki (shu jumladan qorako’l qo’ylari), ot, parranda boqiladi. 40 dan ziyod xususiy, 14 kichik korxona, 40 dan ortiq tijorat dukonlari faoliyat ko’rsatadi.

 70 dan ortiq umumiy ta'lim maktabi bo’lib 30 mingga yaqin o’quvchi ta'lim olmoqda. Litsey, gimnaziya bor. 11 klub, 34 kutubxona, 385 o’rinli 3 shifoxona, 8 qishloq davolash ambulatoriyasi, 6 qishloq vrachlik punkti, 5 do-rixona, 94 maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchasi, ulkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. Tuman xududidan qadimgi buyuk ipak yo’li o’tgan. Ustrushona, Zomin, Peshag’ar kabi tarixiy joylar, kuhna qal'a qoldiqlari, qadimgi qabristonlar saqlangan. 1932 yildan «Sharq tongi» gazitasi chiqadi (adadi 2000). Tuman xududidan Toshkent - Sa­marqand temir yo’l o’tgan. Zomin - Toshkent, Zomin-Jizzax, Zomin - Guliston kabi yo’nalishlarda avtobus va taksi qatnovi yo’lga qo’yilgan.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2002.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan