SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Кompton (Compton) Artur Xolli tavallud topgan kun
1892-09-10

    Amerikalik fizik Kompton

 Kompton (Compton) Artur Xolli (1892.10.9. Vuster, Ogayo - 1962.15.3, Berkli) - amerikalik fizik. AQSh Milliy FA a'zosi. Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasiga, kosmik nurlar fizikasiga oid. Kavendish labaratoriya (Kembrij)da rentgen nurlari sochilishi va yutilishini tekshirgan (1920). Modda elektronlari sochadigan rent­gen nurlari to’lqin uzunligining o’zgarish effekti (Kompton effekti)ni ochgan va yorug’likni fotonlar oqimi sifatida tasavvur qilgan holda bu ef­fekt nazariyasini yaratgan (1922). Me­tall va shishalar sirtidan rentgen nurlarining to’liq qaytish hodisasini aniqlagan. Kristallar va ayrim atomlarda elektron zichligining taqsimlanishini hisoblash usulini ishlab chiqqan. Kosmik nurlarni tekshirish bilan shug’ullangan va birlamchi kos­mik nurlarning korpuskulyar tabiatidan dalolat beruvchi effektni aniqlagan. Atom bombasini yaratishda qatnashgan (1941 45). Nobel mukofoti laureati (1927).

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan