SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
O’zbekiston va Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi Kamolov Sobir Kamolovich tavallud topgan kun
1924-09-10

 O’zbekiston va Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi Kamolov Sobir

 Kamolov Sobir Kamolovich (1924.10.9. hozirgi Qoraqalpog’iston Respublikasi, Chimboy tumaii, Qorabo’g’a qishlog’i) - tarixchi. O’zbekiston FA akademigi (1979), O’zbekiston (1974) va Qoraqalpog’iston (1973)da xizmat ko’rsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori (1969). Qoraqalpog’iston institutini tugatgan (1948). Qoraqalpog’iston pedagogika instituti rektori (1957-61). O’zbekiston FA Qoraqalpog’iston bo’limi Prezidiumi raisi (1961-96) va maslahatchi (1996 yildan). O’zbekiston FA Prezidiumi a'zosi (1984 -98). Kamolovning ilmiy faoliyati qoraqalpoq xalqining etnik tarixi, shakllanishi va madaniyati, shuningdek, O’rta Osiyo xalqlari, jumladan, qoraqalpoqlarning Rossiya bilan o’zaro munosabatlari tarixiga oid. Kamolov 300 dan ziyod ilmiy asarlar (jumladan, 10 tasi xorijda nashr etilgan) muallifi. «Jasorat» va «Shuhrat» medallari bilan taqdirlangan (1994).

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan