SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Италиялик рассоми Karavajo tavallud topgan kun
1573-09-28

Italiyalik rassomi Karavajo

Karavajo (Caravaqqio, asli Merizi da Karavajo) Mikelanjelo (1573. 28.9, Lombardiya -1610,18.7. Toskana) - italiyalik rassom. 17-asr Yevropa rangtasvirida realistik yo’nalish asoschisi. Milanda tahsil olgan (1584-88). Rim, Neapol, Mal’ta oroli, Sitsiliyada yashab ijod qilgan. Karavajo ijodida manyerizm va akademizm san'atiga xos bo’lgan obrazlarni ideallashtirishga individual ta'sirchanlikni («Kasal kichkintoy Vakx»), mavzuni majoziy talqiniga naturani bevosita kuzatishni («Mevali savat ko’targan o’spirin» va boshqa) qarama-qarshi qo'yadi. Antik mavzulardagi asarlari («Vakx», 1592-93.

Ufessi galereyasi)da bayramlar, beg’ubor sho’xlik ruhi aks etgan. Rangtasvirning yangi turlari - natyurmort («Savatdagi mevalar», 1596), maishiy («Folbin» va boshqalar) janrlarning shakllanishiga katta hissa qo’shdi. Diniy mavzudagi asarlari («Misrga yo’l olganlar hordig’i» va boshqalari)ga ham chuqur hayotiy ruh baxsh eta olgan. Yirik polotnolari katta dramatik kuchga ega («Avliyo Pyotrning mixlanishi», 1601; «Tobutga qo’yish», 1604: «Avliyo Mat­vey azoblari», 1606 - hammasi Rimda: «Mariyaning o’limi». 1606. Luvrda). Karavajo ijodi rangtasvir usuli, nursoyaning nihoyatda keskinligi, harakatlarning soddaligi, boy koloriti, asarlaridagi ehtiros va dramatik ruhi bilan diqqatga sazovor.

Karavajo ijodi 17-asr Yevropa rassomlik maktablarida realizm yo’nalishi oqimlari (jumladan, karavajizm)ni shakllanishiga katta ta'sir ko’rsatdi.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan