SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
O'zbekiston xalq hofizi Mahmudjon G'ozievich Tojiboyev tavallud topgan kun
1957-11-25

Mahmudjon Tojiboyev G'ozievich 1957 yil 25 noyabrda Quva tumanida tug'ilgan. Xonanda va sozanda (tanbur, sato), O'zbekiston xalq hofizi (2000). Nozik didli, dardli keng diapazonli ovoz sohibi. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1984). Qo'shiq aytishni dastlab E.Mamatov, G'.Hojiqulovdan, keyinchalik hofizlik an'analarini O.Otaxonov, O.Alimaxsumov, O.Hotamov, O.Alimaxsumov va F.Mamadaliyevdan o'zlashtirgan, sozandalik sirlarini. T. Alimatovdan o'rgangan. Yu.Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli yakkaxoni (1984 yildan), O'zbekiston davlat konservatoriyasi dosenti (2000), Repertuaridan Shashmaqom (“Saraxbori navo”, “Saraxbori Dugoh”, “Mo'g'ulchai segoh”, “Navro'zi sabo”, “Nimcho'poniy” va boshqalar) va Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari (“Dugoh”, “Chorgoh”, “Ushshoq”, “Shahnozi Gulyor”, “Bayot” va boshqalar), katta ashula (“Yovvoyi chorgoh”, “Yolg'iz”, “Ey dilbari jononim” kabi), mumtoz (“Topmadim”, “Asiriy” va “Adoiy”, “Chorzarb”, “Borzurgony”) va 20-asr bastakorlari (“Keldik”, “Nazzora qil”, K Jabborov; “Kezarman”, G'.Toshmatov; “Jonim erursan”, M.Murtazoyev; "Dilrabolar”, O.Nuriddinov “Bu oqshom”, O.Hotamov va boshqalar) asarlari o'rin olgan. Tojiboyev shoirnafas hofiz bo'lib, ijro usuli vazminligi, lirikaga moyilligi, ovoz va cholg'u mutanosibligi bilan ajralib turadi. Osiyo, Amerika, Yevropa va Shimoliy Afrika mamlakatlarida gastrolda bo'lgan.Yunus Rajabiy nomidagi Respublika maqom ijrochilari tanlovi g'olibi (1987). 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan