SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
O'zbekiston xalq artisti Obid Tolipov tavallud topgan kun
1918-11-07

Obid Tolipov 1918 yil 7 noyabrda Toshkentda tug'ilgan. O'zbekiston xalq artisti (1978). 2-jahon urushi qatnashchisi. Lohutiy nomidagi o'zbek davlat teatr texnikumini tugatgan (1937). 1937 yildan Yosh tomoshabinlar teatri aktyori. “Yetim va yetima “ (G'. Zafariy) spektaklidagi Yetim roli Tolipovning sahnadagi ilk obrazidir. “Oqarib ko'rinar yolg'iz elkan” dagi Petya, “Nasriddinning kechmishlari”da o'g'ri, “Tom tog'aning kulbasi”da Jon, “Oppog'im”da Dik, “Uch mushketyor”da Lyudovik, “O'qituvchi”da Ramazon qori, “Allomaning yoshligi”da Kongirbek, “Oltin tulpor”da qirol, “Kim aybdor”da Abdusamat kabi rollari bilan shuhrat qozondi. Tolipov dramaturg sifatida I. Ahmedov bilan birgalikda “Sirli sandiq”, “Qimirlagan qir oshar”, “Zumrad va Qimmat”, “To'g'ri va egri” kabi ertak-pyesalar yozib yosh tomoshabinlarga taqdim etgan. Tolipov 1994 yil 15 dekabrda Toshkentda vafot etdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan