SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819212223
24252627282930
Rus fizigi Pavel Cherenkov Alekseyevich tavallud topgan kun
1904-07-28

Rus fizigi Pavel Cherenkov Alekseyevich 1904 yil 28 iyul kuni Voronej viloyatida tavallud topadi. 1928 yilda Voronej unversitetini tugatgan. 1930 yildan Rus yurtida Fizika institutida ishlagan. Ilmiy ishlari fizik optika, yadro fizikasi, kosmik nurlar fizikasi va tezlatkichlar texnikasiga oid. 1936 yilda S. I. Vavilov rahbarligida uran tuzlari eritmasining gamma-nurlanish ta’siridagi lyuminessensiyasini o’rganib, odatdagi lyuminessensiyadan farqlanuvchi yorug’lik (Cherenkov-Vavilon nurlanishi) yuzaga kelishini  qayd etdi, uning asosiy xossasi – yo’nalganligini aniqladi. Moddada yorug’lik tezligidan katta tezlikli zaryadli zarralar ta’sirida moddaning yorug’lanish effekti Vavilov-Cherenkov effekti nomini oldi. Fizik birinchi sinxrotronlarning yaratilishiga hissa qo’shgan. Tormozlanish nurlanishining  nuklonlar va yadrolar bilan o’zaro ta’sirini, fotoyadro va fotomezon reaksiyalarni, yuqori energiyali gamma-kvantlar bilan yengil yadrolarning parchalanishini tadqiq etgan. 1970 yilda  akademik va 1958 yilda  Nobel mukofoti laureati bo’lgan. Fizik  1990 yilda vafot etgan.

Ma’lumot:O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.2005.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan