SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181920
22232425262728
2930     
Amerikalik sanoatchi, AQSh avtomobilsozlik sanoati asoschilaridan biri Genri Ford tavallud topgan kun
1863-07-30

Amerikalik sanoatchi, AQSh avtomobilsozlik sanoati asoschilaridan biri Genri Ford 1863 yil 30 iyul sanasida AQShning Michigan shtati Dirborn yaqinida dunyoga keladi. 1879 yildan Deytroytda mexanik shogirdi. 1893 yildan “Edison ilyumineyting kompani”, 1899-1902 yillarda “Deytroyt avtomobil kompani” bosh muhandisi bo’lib faoliyat olib borgan. 1892-1893 yillarda ozining birinchi 4 taktli ichki yonuv dvigateliga ega bolgan (4 ot kuchli) avtomobilini yaratdi. 1903 yilda Ford Motor kompaniyasiga asos soldi. Keyinchalik bu kompaniya jahondagi eng yirik avtomobil kompaniyalardan biriga aylandi. O’z davrlarida standartlashtirish va konveyerpotok usulini keng qo’lladi, mehnatni intensivlash orqali yuqori mehnat unumdorligini ta’minlashga erishdi. Keyinchalik mehnatni tashkil etishning Ford qollagan tizimi va uning qarashlari tarixga fordizm nomi bilan kirdi. Mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etish to’g’risidagi o’z qarashlari va tajribalarini “Mening hayotim va ishim” (1922 yil),  “Bugun va erta” (1926 yil), “Olg’a harakat” (1930 yil) kitoblarida bayon etgan. Asarlari 20-yillarda rus tiliga tarjima qilingan. Sanoatchi 1947 yil 7 aprel kuni Dirborn vafot etdi.

Ma’lumot:O’zbekiston milliy ensikolpediyasi. Toshkent.2005.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan