SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122242526
2728293031  
Rangtasvir ustasi Valentin Fadeyev Aleksandrovich tavallud topgan kun
1912-07-31

Rangtasvir ustasi Valentin Fadeyev Aleksandrovich 1912 yil 31 iyul kuni Namangan viloyati Ketmontepa qishlog’ida dunyoga kelgan. 1933-1938 yillarda Toshkent badiiy bilim yurtida ta'lim olgan. Fadeyev yaratgan asarlardagi yorqin o`ziga xos xususiyatlar nozik detallarda namoyon bo’ladi, ularda zamon ruhi sezilib turadi: “Birinchi sinf o’quvchisi”, “Qo’g’irchoq ushlagan qiz” (1952 yil), “Tanya” (1953 yil), “Duradgor portreti” (1954 yil), “Qorovul” (1955 yil), “Keksa kolxozchi Zulunbuva portreti” (1957 yil), “Temirchi Yaxshiboy” (1958 yil) kabi portretlar, tarixiy va badiiy mavzudagi asarlar, maishiy kartinalar natyurmortlar yaratgan. Rangtasvir ustasi 1968 yilda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi unvoniga sazovor bo’lgan. Valentin Fadeyev 1975 yilda vafot etgan.

Ma’lumot:O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan