SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
Shoir va rassom Taras Grigoevich Shevchenko tavallud topgan kun
1814-11-25

Taras Shevchenko Grigorevich 1814 yil 25 noyabrda hozirgi Cherkassk viloyati Zvenigorod tumanida tug'ilgan. Ukrain shoiri va rassomi. 14 yoshidan pomeshchik P.V.Engelgardning dastlab Vilshan qishlog'i, so'ng Vilno, 1831 yildan esa Peterburg shaharlaridagi uyida krepostnoy rassom sifatida tarbiyalangan. Shevchenko 1836 yil rassom I.S.Soshenko va u orqali K.P.Bryullov, V.I.Grigorovich, V.A.Jukovskiy singari taniqli rus rassomlari va adabiyotchilari bilan tanishgan. 1838 yil Bryullovning kimoshdi savdosida topgan puli evaziga krepostnoylikdan ozod etilgan. Shu yil badiiy akdemiyaga qabul qilingan Shevchenko tasviriy san'at sirlarini egallash bilan birga ilg'or va kurashchan dunyoqarashli ijodkor sifatida shakllangan. Shevchenkoning ilk balladasi 1838 yilda e'lon qilingan. Uning 1840 yil Peterburgda nashr etilgan “Qo'buzchi” she'riy to'plami ukrain adabiyoti tarixida yangi davrning boshlanganidan darak beradi. Shevchenkoning romantik ruh bilan yo'g'rilgan ilk ijodida, ko’tarilgan norozilik kayfiyati yaqqol ifodalangan. Shevchenko ijodining shoh namunalaridan biri –“Gaydamaklar” (1841) dostonida ukrain xalqining 1768 yilda polyak feodallari zulmiga qarshi ko'targan qo'zg'oloni tasvirlangan. 1842-43 yillarda rus tilida “Nikita Gayday” dramasi, “Ko'r qiz” va “Iste'dodsiz” dostonlarini, rus va ukrain tillarida esa “Nazar Stodolya” (1843) dramasini yozgan. Shevchenko 1843 yilda Ukrainaga kelib, ukrain xalqi hayoti bilan yaqindan tanishgan. U Shu safar chog'ida ko'plab rasmlar yaratib, ularni “Ukraina manzaralari” (1844) albomida e'lon qilgan. Shevchenko Badiiy akademiyani “erkin san'atkor” unvoni bilan tugatib 1845 yilda yana Ukrainaga kelgan. 1843-45 yillarda yaratgan “Tush”, “Kavkaz”, “Dahriy”. “Ukki”, “Cho'ri” singari dostonlaridan iborat “Uch yil” to'plami ukrain she'riyatining yangi janrlar bilan boyishi, unga siyosiy mavzularning kirib kelishiga zamin hozirladi. Shevchenko 1847 yil “Uch yil” to'plami uchun qamoqqa olinib, Orsk qal'asidagi Orenburg alohida korpusiga soldat sifatida yuborilgan. 1848 yil kapitan-leytenant A.I.Butakov uni Orol dengizini tekshirish ekspedisiyasiga rassom sifatida taklif etgan. Shu safar paytida 350 dan ziyod akvarel, portret va manzaralar yaratgan. Ammo 1850 yil aprelda yana qamoqqa olinib, Kaspiy dengiz bo'yidagi Mang'ishloq yarim oroliga jo'natilgan. Shevchenko qattiq nazorat ostida bo'lishiga qaramay, 1851 yil geologik ekspedisiya tarkibiga rassom sifatida jalb etilgan. Shevchenko Novopetrovskda qal'a komendantining ijozati bilan rus tilida “Sozanda”, “Egizaklar”, “Baxtsiz” (1856), “Nash'ali sayr” (1858) singari qissalar yozgan. Ammo muallif hayotlik paytida e'lon qilolmagan. Nikolay I vafotidan keyin Shevchenko ozod etilgan va 1858 yil martida Peterburgda yashashi uchun ijozat berilgan. Shevchenkoning ayrim asarlari o'zbek tilida nashr etilgan. Toshkent shahrida unga haykal o'rnatilgan, nomiga ko'cha qo'yilgan. 1861 yil 25 fevralda Peterburg shahrida vafot etgan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan