
Amerikalik
iqtisodchi, iqtisodiy nazariyada Chikago maktabining yetakchi vakili Milton Fridmen
1912 yil 31iyul kuni Nyu-York shahrida dunyoga keladi. 1932 yilda Ratgers
unversitetini tugatgan. Falsafa (1946 yil) va huquq (1968 yil) davlatlari. 1948
yildan Chikagodagi unverstetida iqtisodiyot professori. 1971-1974 yillarda AQSh
prezidenti R. Niksonning iqgisodiy masalalar bo’yicha maslahatchisi. Asosiy
ilmiy ishlari pul muomalasi nazariyasi va amaliyoti masalalariga bag’ishlangan.
Milton makroiqtisodiyotda monetarizm yo’nalishi asoschisi, milliy daromadning
monetar nazariyasini va AQShning deyarli 100 yillik pul muomalasi tarixini o’rganib
pulning miqdoriy nazariyasini asoslab bergan. Qiynchilikka qarshi bo’lgan
Fridmen tadbirkorlik erkinligi, bozor mexanizmlarining o’zi davlat iqtisodiyotga
faol aralashmagan hollarda ham takror ishchining o’z me’yorida borishini ta’minlaydi
deb qaragan. Fridmen nuqtai nazariga ko’ra, davlatning vazifasi muomaladagi pul
miqdori o’sishini tartibga solish bilan chegaralanishi lozim. Asosiy asarlari:
“Inflyatsiyani bartaraf etishda soliqqa tortish”, 1943 yil, “Pozitiv iqtisodiy
nazariya ocherklari”, 1953 yil, “Iste’mol funksiyalari nazariyasi”, 1957 yil,
“Narxlar nazariyasi”, 1962 yil, “Amerika Qo’shma Shtatlarida pul muomalasi
tarixi, 1867-1960 yillar”, 1963 yil, “Inflyatsiya sabablari va oqibatlari”,
1963 yil. Milton Fridmen Nobel mukofoti laureati.
Ma’lumot:O’zbekiston
milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2005.