SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4567910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
O’zbekiston xalq artisti Gulnora Mavayeva Nizomovna tavallud topgan kun
1931-07-30

O’zbekiston xalq artisti Gulnora Mavayeva Nizomovna 1931 yil 30 iyul sanasida Samarqand shahrida tug’ilgan. Raqqosa 1939 - 1941 yilda Tamaraxonim nomidagi balet maktabida, 1944 – 1948 yillarda Navoiy teatrining balet studiyasida ta’lim olgan. 1951 yilda Moskva xoreografiya bilim yurti qoshidagi o’zbek balet studiyasini, 1971 yilda   Leningrad xoreografiya bilim yurtining pedagogika bo’limini tugatgan. U 1945 – 1949 va 1951 – 1967 yillarda Navoiy teatrida yetakchi balet solisti, 1971 yildan, 1975 - 1978 yillar Toshkent xoreografiya bilim yurtida badiiy rahbar, hamda 1974 - 1978 yillarda Toshkent madaniyat insititutida, 1979 -1980 yillarda Misr, 1980 – 1981 yillarda Yaman balet maktablarida, 1982 yildan esa Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida mumtoz raqs o’qituvchisi bo’lib ish olib borgan. Mumtoz va jahon baletlarida bir qancha partiyalarni ijro etgan: Mariya, Zarema (B.Asafev, “Boqchasaroy favvorasi”). Esmeralda (Ch. Puni, “Esmeralda”). Siren parisi, Avrora (P.Chaykovskiy, ”Uyqudagi go’zal”). Suyumbeka (F.Yarullin, “Shurale”), Mirta (A. Adan, “Jizel”), Xuanita (K.Gluk, “Don Juan”) va boshqaqlar. O’zbek baletlaridagi Gulnora (G.Mushel, “Raqqosa”), Oynisa (D.Zokirov, B.Giyenko, “Oynisa”), Lola (Ik. Akbarov, “Orzu”) kabi partiyalarida Yevropa mumtoz raqisini an’anaviy o’zbek raqs harakatlari bilan uyg’unlashtirishiga intilgan. Gulnora o’zbek mumtoz, xalq va zamonaviy raqslarning ham mohir ijrochisidir. U ko’proq lirik raqqosa bo’lib, raqslari jozibador va nafisligi bilan ajralib turadi. Uning eng yaxshi raqslari: “Katta o’yin”, “Pilla”, “Farg’ona ruboyisi”, “Orzu”, “Bahor”, “Sho’x qiz”, “Ey sarvi ravon”, “O’ynasin”, “Raqqosa”, “Zebinniso” va boshqa raqislari. Gulnora 1964 yilda O’zbekiston xalq artisti unvoniga sazovar bo’ldi.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.2003.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan