SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2018
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
182021222324
25262728   
Amerikalik iqtisodchi Kleyn Lourens tavallud topgan kun
1920-09-14

 Amerikalik iqtisodchi Kleyn Lourens

 

Kleyn (Klein) Lourens Robert (1920.14.9. Omaxa, AQSh) - amerikalik iqtisodchi, ekonometrika asoschilaridan biri. Oksford universiteti (Angliya) qoshidagi Statistika instituti xodimi (1954-58), Pensil’vaniya universiteti (AQSh) iqtisodiyot professori (1958 yildan). Kleyn yaratgan iqtisodiy faoliyatning ekonometrik modellari AQSh, Isroil, Meksika va Yaponiya iqtisodiyotlarining rivojlanishi istiqbollarini aniqlashda qo’llanilgan. Kleyn iqtisodiy nazariyani amaliy vazifalarga tadbiq, qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Uning asarlari bu sohadagi rivojlanishga yo’nalish berdi va jahon bo’yicha modellar yaratishga ta'sir ko’rsatdi. Kleynning katta yutug’i umumiy keynschilik modelini statistik shaklga keltirganligi bo’ldi. Uning yirik asarlari: «Keynschilik revolyutsiyasi» (1947). «Ekonometrika darsligi» (1953). Shuningdek, uning bozor konyunkturasi o’zgarishlarini oldindan aniqlashda qo’llaniladigan ekonometrik modellari ham mikroiqtisodiyot muammolarini hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Nobel’ mukofoti laureati  (1980).

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan