SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920222324
25262728293031
Adabiyotshunos Maxmudali Yo’no’sov Yo’no’sovich tavallud topgan kun
1918-07-10

Adabiyotshunos Maxmudali Yo’no’sov Yo’no’sovich 1918 yil 10 iyul kuni Toshkentda tavallud topgan. 1941yilda Toshkent pedagogika institutini tugat­gan. 1941-1943 yillarda O’rta maktab o’qituvchisi, 1944-1945 Urganch, 1947-1950 yillarda Buxoro pedagogika instituti va SamDO’ katta o’qituvchisi, 1951-1959 yillarda dotsent, 1967-1972 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot mo’ze! bo’lim mudiri, 1959-1967, 1973-1985 yillarda  O’zbek FA Til va adabiyot institutida katta  ilmiy xodim bo’lib faoliyatlar olib bоrgan. Asosiy ilmiy ishi o’zbek she’riyatida traditsiya va novatorlik muammosiga bag’ishlangan. 1950 yilda R.Karimov, S.Qosh, S.Aliyevlar bilan hamkorlikda “O’zbekiston adabiyoti tarixi” darsligini yaratgan. 1955 yilda Oliy o’quv yurtlariga o’quv qo’llanma “O’zbek adabiyotidan metodik qo’llanmalar”ni tuzgan. 1960 yilda “Komil Xorazimiy”, “O’zbek poeziyasida Nesov traditsiyalari”, 1965 yilda “Traditsiya va vatorlik problemasi”, 1969 yilda “Barxayot an'analar” , 1975 yilda “Saxiy qalamlar” kitoblarida O’zbek adabiyotida kam o’rganilgan muhim masalalar ishlab chiqilgan. 1967-1971 yillarda 3 jildli,  4 kitobdan iborat sho’ro davri o’zbek adabiyoti tarixi, 2-jildli “Adabiyot nazariyasi”, 1987 yilda 2 jildli tanqid tarixini yaratishda faol ishtrok etgan. Maxmudali o’zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari (Navoiy, Munis, Furqat va boshqa) ijodini o’rganish bilan 20-asr adabiyotida adabiy an'analar va navatorlik, mumtoz va hozirgi zamon she’riyatida ruboiy, adabiy tanqid tili singari nazariy masalalarni tanqid etgan. Elbek, Botu, Sh. Smon kabi qatag’on etilgan yozuvch hayoti va ijodini birinchilardan bo’lib o’rgangan va ular nomini ro’yobga chiqarishga salmoqli  hissa qo’shgan. Adabiyotshunos 1967 yilda Filologiya fanlari doktori va 1978 yilda esa O’zbekis­tonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi unvonlariga sazovar bo’lgan.  Maxmudali Yo’no’sov  1985 yil 9 oktabr kuni Toshkentda vafot etadi.

Ma’lumot:O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan