SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122242526
2728293031  
Nemis yozuvchisi Lion Feytbanger tavallud topgan kun
1884-07-07

Nemis yozuvchisi Lion Feytbanger 1884 yil 7 iyul kuni Myunxenda tavallud topadi. Myunxen va Berlinda o’qigan. Dastlab jurnalistika va teatr tanqidchiligi bilan shug’ullangan. “Harbiy asirlar” (1919 yil) turkumidagi pyesalarida 1-jahon urushi voqealari va xalqning urushga qarshi kurashlari keng ifodalangan. 1933 yildan Fransiyada emigratsiyada bo’lgan. “Tomas Vendt” (1920 yil), “Yahudiy Zyuss” (1920-1922 yillarda), “Ko’rimsiz gersoginya” (1923 yil) romanlari mavzuining rang-barangligi bilan ajralib turadi. “Quvg’in” (1939 yil) romanida yozuvchi o’zining surgun tufayli siyosiy kurashdan uzoqlashib qolganligini tasvirlaydi. “Yahudiylar urushi” trilogiyasi (1932-1942 yillar)da inson shaxsi muammosiga munosabati va gumanistik qarashlari aks etgan. “Aka-uka Lautenzaklar” (1943 yil), “Simon” (1944 yil), “Tokzordagi tulkilar” (1947 yil), “Tentakning donoligi...” (1952 yil) romanlari, “Beva Kapet” (1956 yil) dramasi va boshqa asarlar muallifidir. Ko’pgina asarlari ekranlashtirilgan. Yozuvchi 1958 yil 21dekabr kuni AQShning Los-Anjeles shtatida vafot etadi.

Ma’lumot:O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2004.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan