SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2020
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
30     
Informati­ka va kibernetika sohasidagi olim Komilov Mirzoyan Mirzahmedovic tavallud topgan kun
1936-10-17

Informatika va kibernetika sohasidagi olim  Komilov Mirzoyan

 

Komilov Mirzoyan Mirzahmedovich (1936.17.10. Toshkent) - informati­ka va kibernetika sohasidagi olim. O’zbekiston FA akademigi (1994). texnika fanlari doktori (1974), professor (1977). N.E. Bauman nomidagi Moskva Oliy texni­ka bilim yurtini tugatgan (I960). O’zbe­kiston FA Matematika institutida muhandis (1960--63). O’zbekiston FA qoshidagi Hisoblash markazida (1963-66). Hisoblash markazli Kibernetika instituti­da labaratoriya mudiri (1966-83). O’zbekis­ton FA «Kibernetika» IIChB «Algo­ritm» instituti direktori o'rinbosari (1983-92), «Kibernetika» IIChB qoshidagi «Tizimli tadqiqotlar» ilmiy tadqiqot instituti direktori (1992-94). O’zbekis­ton FA vitse-prezidenti (1994-2001). 2001 yildan «Kibernetika» institutida labaratoriya mudiri. Ilmiy ishlari, asosan, in­formatika. kibernetika, inson-mashina hamda sun'iy intellekt tizimlarini qurish, yechim         

qabul qilish, tasvirlarni aniqlash nazariyasi va amaliyotiga doir. Texnik - texnologiya turlari murakkab tizimlarni modellashtirish nazariyasiga munosib hissa qo’shgan. Uzluksiz va uzluksiz-uzlukli jarayonlarni alaptiv identifikatsiyalash hamda shu sohada hisoblash tizimlarini qo’llashning yangi usulini asoslab berdi. Respublikada birinchilardan bo’lib tizimli tahlilga hamda kimyoviy texnologiya ja­rayonlarni muqobil boshqarish va ushbu jarayonlarni identifikatsiyalash uchun boshqaruv hisoblash majmualarini qo’llashga asos soldi.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan