SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
181920212223
24252627282930
Chex kompozitori, folklorshunos, dirijyor, musiqa jamoat arbobi, pedagog Leosh Yanachek tavallud topgan kun
1854-07-03

Chex kompozitori, folklorshunos, dirijyor, musiqa jamoat arbobi, pedagog Leosh Yanachek 1854 yil 3 iyul kuni Moraviya, Gukvaldida dunyoga keladi 20-asr musiqa (opera) san’atining yirik namoyandasi. 1874-1880 yillarda Pragadagi Organ maktabi, Leypsig va Vena konservatoriyalarida ta’lim olgan. Brnoda Organ maktabini tashkil qilgan, shu yerda professor va 1881 yildan director bo’lib faoliyat yuritgan. Yanachek 40 yil davomida moravan xalq qo’shiqlarini to’plab, minglab namunalarini nashr etgan va o’rgangan, chex folkloristikasiga asos solgan (1901  yil “Moravan xalq qo’shiqlarining musiqiy xususiyatlari”, va boshqalar). 20-asr milliy kompozitorlik maktabi asoschisi bo’lgan Yanachek ijodida chex va moravan xalqlar musiqa an’analari hamda zamonaviy musiqa uslublari uyg’unlashgan. 9 opera (“Uning o’gayqizi” 1903, “Katya Kabanova” 1921,  “Ayyor tulkicha sarguzashtlari” 1923, “Mak ropulos giyohi” 1925, va boshqalar), “Glagolik messa” oratoriyasi va diniy mavzudagi kantatalar, “Simfoniyetta” va boshqa simfonik asarlar, kamer ansambllar, vokal turkumlar va boshqalar muallifi. 1912 yilda Chexiya FA akademigi bo’lgan. Brnodagi opera teatri hamda Nafis san’atlar akademiyasiga Yanachek nomi berilgan. 1948 yildan Brnoda Yanachek ijodiga bag’ishlangan musiqa festivali o’tkazilmoqda.  Kompozitor 1928 yil 12 acgust kuni Ostravada vafot etgan.

Ma’lumot:O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.Toshkent. 2005.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan