SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
222324252627
28293031   
Aktyor Maxsum Yusupov tavallud topgan kun
1912-07-18

Aktyor Maxsum Yusupov 1912 yil 18 iyul kuni Toshkentda tavallud topgan. 1929 yilda Toshkent politexnikumini tugatgan. 1932 yildan Hamza teatrida ishlagan. Aktyorlikni ommaviy sahnalarda chiqishdan boshlagan. Yusupov nafaqat salbiy obrazlar, xarakterli rollar, balki qahramonona-dramatik rollar ustasi sifatida ham tanildi. Yusupov ijodi qahramon ichki kechinmalarini yetkazishga, nutq madaniyati, badiiy yechimga alohida e’tibor berishi bilan ajralib turadi. Laert, Poloniy (U. Shekspir, “Hamlet”), Yo’lchi (Oybek, “Qutlug’ qon”), Norboyvachcha, G’ofir (Hamza, “Xolisxon”, “Boy ila xizmatchi”), Nodir (G. Mdivani, “Nomus”), Baxtiyor (B. Rahmonov, “Yurak sirlari”), G’oyib, Hamdam (Uyg’un, “Qotil”, “Qaltis hazil”), Suq-surov (A. Qahhor, “Tobutdan tovush”), Keldiyev (O’. O’marbekov, “Komissiya”), Roderigo (U. Shekspir, “Otello”), Xondamir (I. Sulton, Uyg’un, “Alisher Navoiy”), Sakkokiy (M. Shayxzoda, “Mirzo Ulug’bek”) kabi rollari bilan shuhrat qozondi. Yusupov kino (“Farg’ona qizi”da Olimjon, “Suyunchi”da Eshmat va boshqalar) va televideniye (“Nur borki, soya bor”da Soqi Soqiyevich, “Girdob”da partkom va boshqalar)da, Maxsum Yusupov tog’a  rolida (“Vafodor” telespektakli) ham rollar o’ynagan. “Nashtar” kinojurnalining doimiy ijrochilaridan bo’lgan. 1964 yil aktyor O’zbekiston xalq artisti unvoniga erishgan. Maxsum Yusupov 1983 yil 9 mart kuni Toshkentda vafot etgan.

Ma’lumot:O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.2005.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan