SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
Ingliz neyrofiziologi Charlz Skot Sherrington tavallud topgan kun
1857-11-27

Sherrington Charlz Skot 1857 yil 27 noyabrda tug'ilgan. Ingliz neyrofiziologi. London Qirollik jamiyat a'zosi (1893 yildan), Peterburg Fanlar Akademiyasi muxbir a'zosi (1915 yildan). Kembrij universitetini tugatgan. Neyrofiziologiya (asosan reflektor faoliyat) sohasidagi fundemental kashfiyot muallifi. Liverpul va Oksford universtetida professor (1895-1913; 1913-1935). Sherrington nerv sistemasining integrativ faoliyati konsepsiyasini ishlab chiqqan; reseptiv maydon ta'limoti asoschisi. Ilmiy faoliyati markaziy nerv sistemasi, asosan, orqa miya fiziologiyasi va reflekslarini o'rganishga oid. Sherrington asarlari klinik va eksperimental nevrologiya rivojlanishida muhim kasb etadi. Nobel mukofoti laureati (1932; E.D.Edrian bilan hamkorlikda).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan