SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718202122
23242526272829
30      
Nemis shoiri Shiller Iogann Kristof Fridrix tavallud topgan kun
1759-11-10

Shiller Iogann Kristof Fridrix 1759 yil 10 noyabrda Nekkar bo'yidagi Marbaxda tug'ilgan. Nemis shoiri, dramaturg, tarixchi, san'at nazariyotchisi. Nemis mumtoz adabiyotining asoschilaridan. Lyudvigsburgdagi lotin maktabini tugatgach (1772), harbiy maktab (akademiya)ning huquq va tibbiyot bo'limlarida o'qigan. Akademiyadagi maslakdosh do'stlari bilan birga “muxolif poetik klub” tuzgan. Shillerning o'zaro insoniy munosabatlardagi nafrat va g'arazgo'ylikni tasvirlovchi “Qaroqchilar” (1781) singari dastlabki asarlari shu klubda muhokama etilgan. Mazkur tragaediyada uslubiy har-xillikka yo'l qo'yilgan bоshlsada, u nemis dramaturgiyasida siyosiy yo'nalishga ega bo'lgan yangi lirik drama janrini boshlab bergan. Shiller tibbiy akademiyani tugatgach (1780), Shtutgardtga polk felsheri etib yuborilgan. Ammo “Qaroqchilar”ning Mangeym shahrida namoyish etilishiga ruxsatsiz ketgani uchun hibsga olingan va unga ijod bilan shug'ullanish man etilgan. Shiller 1782 yil gersog ta'qibidan qochib ketib, “Luiza Miller” (“Makr va muhabbat”ning dastlabki nusxasi dramasini tugatgan. 1783 yil Mangeymga borib, shahar teatrida dramaturg lavozimini egallagan, dastlabki pyesalarini shu teatr uchun qayta ishlab bergan va “Reyn Taliyasi” jurnalini nashr etgan. Ammo moddiy barqarorlikka erishish niyatida dastlab Leypsigga, keyin Drezdenga ko'chib o'tgan. U shu davrda tarixiy o'tmish mazuyi bilan qiziqib, “Fieskaning Genuyadagi fitnasi” (1783), “Don Karlos” (1783-87) dramalarini, vatanparvarlik g'oyalari kuylangan she'rlari (“Shodlik uchun”, “Uzlat”, “”Engilmas armada”)ni , “Ruhnazar”(1786) romanini yozgan. “Ajoyib isyonlar va fitnalar tarixi” turkumida kitoblar yaratishga kirishgan, “Birlashgan Niderlandlarning ispan hukmdoligidan chiqish tarixi” ustida ish olib borgan. 1787 yil Veymarga ko'chib borishi hamda Gyote bilan aloqada bo'lishi Shiller ijodi va dunyoqarashida yangi davrning boshlanishiga sabab bo'lgan. U 1789 yilda Gyote yordami bilan Yen universitetida tarix professori lavozimini egallab, “Jahon tarixi nima va u qanday maqsadda o'rganiladi?” degan mavzuda ma'ruzalar o'qigan. I.Kant asarlari ta'sirida “San'atdagi fojiaviylik to'g'risida” (1792), “Nafosat va qadr-qimmat to'g'risida”, “Tantanavorlik to'g'risida” (1793), “Insonni estetik tarbiyalash to'g'risida xatlar” (1795) singari ilmiy ishlar yaratgan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan