SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Fransiya davlat arbobi Jak Rene Shirak tavallud topgan kun
1932-11-29

Shirak Jak Rene 1932 yil 29 noyabr Parijda tug'ilgan. Fransiya davlat arbobi. Parij siyosiy tadqiqotlar instituti (1954) va Milliy boshqaruv maktabi (1959)ni tugatgan. 1959 yildan Davlat auditor palatasi auditori, 1962 yil apreldan hukumat apparatida, 1965 yildan Sen-Freol shahar kengashi a'zosi, Milliy majlis deputati (1967 yildan). 1967 yildan J.Pompidu hukumatida ijtimoiy masalalar, 1968yildan iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo'yicha davlat kotibi, 1972 yildan qishloq xo'jaligi va qishloq taraqqiyoti, 1974 yil ichki ishlar vaziri. Shirak 1960 yillardan Respublikani himoya qiluvchi demokratlar ittifoqi partiyasi a'zosi, 1975 yildan faxriy bosh kotibi, 1976 yil partiya Respublikani qo'llab-quvvatlash uyushmasiga aylangach, uning raisi. 1974 yil aprel-1976 yil avgust va 1986 yil mart-1988 yil mayda Fransiya bosh vaziri, 1977 yil martdan Parij shahri meri, 1995 yildan Fransiya Respublikasi prezidenti.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan