Rus shoiri Nikolay Rubsov tavallud topgan kun
1936-01-03

Nikolay Rubsov 1936 yil 3 yanvarda Rossiyaning Arxangelsk viloyati Yemesk qishlog‘ida tug‘ilgan. Rus shoiri. Ijodi 1957 yildan boshlangan. She’riyati o‘zining stilistikasi va mavzu bo‘yicha o‘ta sodda bo‘lib, asosan, unga aziz bo‘lgan yurti Vologodchina bilan bog‘langan. She’rlari ijodiy ichki ko‘lamlik, nihoyatda nozik tuzilgan obrazli tuzilmasi bilan ajralib turadi. “Lirika” (1965), “Dalalar yulduzi” (1967), “Ko‘ngil saqlaydi” (1969), “Qarag‘aylar shovqini” (1970) va boshqa she’riy to‘plamlari nashr etilgan.Shoir 1971 yil 19 yanvarda Vologdada vafot etgan.
XX asr
jahon She’riyati T:. 2011