SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
7910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
Аmerikalik fizik va kimyogar Lengmyur Irving tavallud topgan kun
1881-01-31

Lengmyur Irving (1881.31.1, Bruklin, Nyu-York shtati – 1957.16.8, Falmut, Massachusets shtati) – amerikalik fizik va kimyogar. Ilmiy ishlari gazlardagi elektr razryadlar, termoelektron emissiya, vakum texnikasi va boshqalarga oid. Emission tok zichligini ifodalaydigan formulani taklif etgan (1913). Metall sirtlar bilan tutashuvchi gaz va bug‘larning termik ionlanishini tekshirgan (1924). Atomar vodorodni hosil qilgan (1911) va uning alangasida metallarni payvandlash jarayonini ishlab chiqqan. Birinchi kondensasion bug‘ simobli vakuum nasosni yasagan (1916). Qattiq sirtlarda gazlar adsorbsiyasini o’rganib, adsorbsiya chegarasi mavjudligini aniqlagan va adsorbsiya izotermasi tenglamasini taklif qilgan (1909-16). Lengmyur monomolekulyar adsorbsion qatlamlar tuzilishini tekshirgan, kolloid sistemalarning nazariy masalalarini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1932).

 O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2005.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan