SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425272829
30      
Aktrisa Sora Eshonto'rayeva Abdurahmonovna tavallud topgan kun
1911-11-08

Sora Eshonto'rayeva Abdurahmonovna 1911 yil 8 noyabrda Namangan viloyati Beshbuloq qishlog'ida tug'ilgan. Aktrisa, jamoat arbobi. O'zbekiston xalq artisti (1937). Moskvadagi o'zbek drama studiyasini tugatgan (1927). 1927 yildan Hamza nomidagi O'zbek davlat akademik drama teatri aktrisasi. 1943-45 va 1953-60 yillarda shu teatr direktori. Ijodining ilk davridanoq barcha janrlarda ish ko'rib, namunali natijalarga erishgan. “Hujum” V.Yan, Cho'lpon)da Tursunoy, “Ikki boyga bir malay” (K.Goldoni)da Beatriche uning dastlabki rollaridir. 30-yillardan Eshonto'rayeva teatrda sahnalashtirilgan deyarli barcha asarlarda yetakchi bosh qahramon rollarni ijro etgan. Aktrisa qahramonlarining hissiyotinigina emas, shu bilan birga uning qat'iyati, irodasi va e'tiqodini ham aks ettirishga kirishdi. Onaxon (K.Yashin, “Nomus va muhabbat”), Jamila Hamza “Boy ila xizmatchi”), Guloyim (H.Olimjon “Muqanna), Guli (I.Sulton, Uyg'un “Alisher Navoiy”), Hurriyat (Uyg'un “Hurriyat”) va boshqalar shular jumlasidan. Bu obrazlar ijrosida aktrisa hamkasabalari bilan birga teatr talqin maktabining yetuk namunalari sanaluvchi spektakllarga munosib timsollar yaratdi. Guli va Jamila obrazlari Eshonto'rayeva ijodida alohida o'rin tutadi. Studiyada “Revizor”, “Malikai Turandot”, “Ikki boyga bir malay”, “Ko'zibuloq qishlog'i” singari spektakllarda rol o'ynab tajribasi boyigan Eshonto'rayeva Shekspirning “Hamlet” fojiasida uni shuhratga burkagan Ofeliya rolini ijro etdi (1935). Aktrisa yorug' dunyoga sig'magan muhabbati fojiasini Ofeliyani esdan og'ish darajasiga olib borgan hissiyotlar silsilasi girdobida o'ta ta'sirchan ta'rifladi. Hasad va ig'vo, ichiqoralik Dezdemona umrining zavoli bo'lganini aktrisaning nozik raftor, mehr to'la chehra, baxtiyor ko'z qarashlari va hazin kechinmali sahnalarida ifoda etildi. Ketma-ket Gonfilya ( U. Shekspir, “Qirol Lir”), Iokasta (Sofokl, “Shoh Edip”), Katerina (A. Ostrovskiy “ Momaqaldiroq”), Lyubov Yarovaya (K.Trenyov, “Lyubov Yarovaya”), va boshqa obrazlari ijod namunasini yanada boyitdi. Eshonto'rayeva kino, telefilm, telespektakllarda ham bir nechta rollar ijro etgan. U O'zbekiston teatr jamiyati boshqaruvining raisi (1946-55 va yana 1981-85) va boshqa nufuzli jamoat tashkilotlarida ishlagan. Davlat mukofoti (1949,1967,1977), Hamza nomidagi O'zbekistn Davlat mukofoti (1967) laureati. “Sog'lom avlod uchun” (1993), vafotidan so'ng “Buyuk xizmatlari uchun” (2004) ordenlari bilan mukofotlangan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan