SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
O'zbekiston xalq artisti Tamara Yunusova Yunusovna tavallud topgan kun
1937-11-19

Tamara Yunusova Yunusovna 1937 yil 19 noyabrda Toshkentda tug'ilgan-raqqosa. O'zbekiston xalq artisti (1973). Toshkent xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1954). 1954-1957 yillar O'zbek davlat estradasi, 1957-1971 yillar “Bahor” ansambli, 1971-1986 “O'zbekkonsert”, 1986-1989 yillar O'zbek davlat filarmoniyasida ishlagan. Uning raqslari yengil va yaxlit harakatlari, inson ichki kechinmalarini nafis va serjilo harakatlarda ifodalay olish, o'ziga xos xiromi bilan ajralib turadi. Uning repertuaridan mumtoz va zamonaviy (“Tanavor”, “Sho'x qiz”, “Bahor tongi”, “Rohat”, “Pilla”, “Nay yallasi “, “Zavqim kelur “, “Uchrashuv “ va boshqa xalqlar raqslari o'rin olgan. 5-(Varshava, 1955), 6-(Moskva 1957), 8-(Xelsinki, 1962) jahon yoshlari festivallari laureati.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan