SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829
Toshkent viloyatidagi Chinoz tumaniga asos solingan kun
1958-05-08

Chinoz Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi shahar, tuman markazi asos solgan. Temir yo'l stanssiyasi, avtomobil yo’llar chorrahasi. Toshkent shahardan 50 km janubda. Aholisi 39 ming kishi (2008). Shaharning shimoliy-sharqiy qismida qadimiy Chinoz (Chinonchkent) xarobalari saqlanib qolgan. Bu yerda dastlabki manzilgoh mil. Boshlarida vujudga kelgan. 1-ming yillik o’rtalariga kelib manzilgoh mudofaa devorlari bilan o’ralgan va markaziy qismida arki (balandligi 8 m) bo’lgan shaharga aylangan. Ko’chmanchi chorvador xalqlar bilan aloqalari va Sharq mamlakatlariga boriladigan mashhur savdo yo’lida joylashganligi Chinozning tez sur’atlar bilan o’sishiga sabab bo’lgan. Shahar 13-asr boshlarida mo’g’ullar istilosidan keyin harobaga aylangan. Bu yerda o’tkazilgan arxeologik qazish paytida ko’plab xo’jalik buyumlari, bezaklar va tangalar topilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan