SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy harakati-umumjahon insonparvarlik harakati tashkil qilingan kun
1863-05-08

Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy harakati-umumjahon insonparvarlik harakati  tashkil qilingan. Mazkur harakat uch tuzilma-Xalqaro qizil xoch qo’mitasi, Xalqaro qizil xoch va qizil yarim Oy jamiyatlari federatsiyasi, Qizil xoch va qizil yarim Oy milliy jamiyatlaridan iborat. Xalqaro Qizil xoch qo’mitasi insonparvarlik tashkilotidir. Asosan, qurolli to’qnashuvlarda jabrlanganlar, quruqlik va dengizdagi yarador va bemor harbiy xizmatchilar, harbiy mahbuslar, fuqaro aholiga yordam berish, shuningdek, harbiy nizolar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida ajrashib qolgan hamda bedarak yo’qolgan shaxslarni qidirish vazifasini bajarib, betaraf vositachi sifatida insonparvarlik yordami ko’rsatadi. Tinchlik sohasidagi faoliyat uchun Nobel mukofati bilan taqdirlangan(1917, 1944, 1963 yillar).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan