SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212223
25262728293031
“O’zbekfilm” badiiy filmlar ishlab chiqaruvchi kinostudiya tashkil topgan kun
1925-06-04

“O’zbekfilm”-badiiy filmlar ishlab chiqaruvchi kinostudiya. “O’zbekkino” milliy agentligi tizimida. Dastlab 1925 yil 4 iyunda Toshkentda “Sharq yulduzi” nomi bilan kinostudiya tashkil bo’lgan. Shayhontohur tumanidagi Eshonqul  madrasasi binosiga joylashgan. 20-yillarda “Ikkinchi xotin”, “Masjid gumbazlari ostida”, “Soyabon arava”, “Ravot qashqirlari”, “Chodira” kabi filmlar ishlangan.1925-26yillar mobaynida 20dan ortiq to’la, 30dan ortiq qisqa metrajli hronikal filmlar yaratilgan. 1932 yil “Sharq yulduzi” “O’zbekfilm” nomini oladi. 1930-yilgacha filmlarni, asosan, o’zbek xalqining an'analaridan yiroq rus rejissyorlari ishlagan. Mustaqillikdan so’ng “O’zbekfilm”ning yangi tarixi boshlandi. O’zbek kinosini yaxshilash va rivojlantirish maqsadida 1992 va 1992 yillar O’zbekiston Prezidenti tomonidan chiqarilgan qarorlar “O’zbekfilm”ni moliyalash va faoliyatini muvofiqlashtirishda sezilarli o’zgarishlarga olib keldi. Shundan so’ng film mazmuni, qahramonlari va uslubida milliylik kuchaydi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan