SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718192122
23242526272829
30      
Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Xalqaro xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tashkil topgan kun
2001-06-15

Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat: Qozog’iston, Xitoy, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston davlat rahbarlari uchrashuvida tuzilgan (2001 yil 15 iyun). ShHT o’z faoliyatida davlatlar o’rtasida o’zaro ishonch va do’stlikni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ta'lim, energetika, transport, ekologiya va boshqa sohalarda samarali hamkorlikni rivojlantirish, umumiy harakatlar bilan mintaqaviy tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash kabi maqsadlarni o’rtaga qo’yadi. Shu bilan birga, tashkilot BMT tamoyillari va maqsadlariga, boshqa davlatlar mustaqilligi va suverenligini hurmat qilish, ichki ishlariga aralashmaslik va ularga nisbatan qurolli kuch ishlatmaslik, a'zo davlatlarning teng huquqligini ta'minlash, mintaqadagi masalalarni o’zaro hal etish kabi qoidalarga qat'iy amal qiladi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan