SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Yaponiyada "Madaniyat" kuni
1948-11-03

Yaponiyada "Madaniyat kuni". Kunchiqar yurt aholisi ushbu sanani umumxalq bayrami va dam olish kuni sifatida qarshilaydi. Bu kun mamlakatdagi ko'pgina muzeylar, ko'rgazma zallari, galereyalar madaniyat va san'at ixlosmandlariga bepul xizmat ko'rsatadi. An'anaga ko'ra, "Madaniyat kuni"da adabiyot, tasviriy san'at kabi sohalar vakillari munosib xizmatlari uchun maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi. Yoshlar o'rtasida madaniyatni ommalashtirish maqsadida, ayniqsa yosh ijodkorlarni rag'batlantirishga katta ahamiyat beriladi. "Madaniyat kuni"ning Imperator Meydzi tavallud kuniga to'g'ri kelishi bejiz emas. Zamonaviy texnika taraqqiyoti borasida jahonda etakchilik qilayotgan Yaponiya o'z tarixiga, ajdodlariga chuqur ehtirom ko'rsatib kelgan. Mamlakat tarixida, madaniy isohotlarda Meydzi davrining ahamiyati beqiyos. Aslida avvallari bu sana Imperatorning tavallud kuni sifatida nishonlanar edi. 1948 yilda esa 3-noyabr "Madaniyat kuni" deb e'lon qilingan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan