SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
181920212223
24252627282930
Parijdagi Luvr milliy san'at muzeyi tashkil topgan kun
1793-11-08

Luvr milliy san'at muzeyi 1793 yil 8 noyabrda ilk marotaba ommaga o'z eshiklarini ochdi. Parijdagi Luvr muzeyi dunyoning eng yirik hamda eng boy tarixga ega muzeylari sirasidan joy olgan. Arxitektura yodgorligi hisoblanmish muzey binosi 1190 yilda qirol Filipp-Avgust tomonidan Parij shahrini g'arbdan mudofaa qilish maqsadida bunyod etilgan. Bir paytlar bu qasrda qirol, uning oilasi va saroy ahli istiqomat qilgan. Shuning uchun ham Luvr muzeyi bisotini asosan qirollik va monastirlar kolleksiyalari tashkil etadi. Bundan tashqari muzeydan jahon san'ati durdonalari o'rin olgan. Qadimgi Misr va Yunoniston yodgorliklari (“Nika Samofrakiyskaya”, “Venera Milosskaya”) Mikelandjeloning “Isyon ko'targan qul”, Leonardo da Vinchning “Mona Liza” (“Jokonda”) kabi jahonga mashhur san'atkorlarning nodir asarlari shular jumlasidandir. Shu qatorda yana Rubens, Rembrandt, Pussen, Vatto, David, Jeriko, Delakrua, Kurbelarning ijod namunalari ham shu erda jamlangan. 60 ming kvadrat metr maydonda joylashgan Luvr muzeyi 35 mingga yaqin eksponatni qamrab olgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan