Xalqaro televideniya kuni
1996-11-21

Xalqaro televideniya kuni. Bugun cheksiz axborotu ma'lumotlar makoniga aylangan, keng omma ma'naviy ehtiyojlarini qondiruvchi vosita sifatida xizmat qilib kelayotgan televideniyasiz hayotimizni tasavvur qilolmaymiz. Televideniya tarixi deyarli bir asr avvalgi davrga borib taqaladi. Zamonaviy yassi ekranli televizorlarning bobokalonlari XX asrning yigirmanchi yillarida, AQSh, Yaponiya va Rossiya hududida elektron nurlar orqali tasvir uzatish va qabul qilish borasida tadqiqotlar olib borish jarayonida paydo bo'lgan. 1996 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi ilk marotaba Butunjahon televizion forumini tashkil etish haqida qaror qilib, tadbir o'tkaziladigan sanani "Xalqaro televideniya kuni" deb e'lon qilgan. Garchi dunyoning ko'pgina mamlakatlaridagi soha vakillari 21 noyabrni bayram sifatida nishonlasa-da, boshqa barcha ayyomlar kabi ushbu kunda ham javlon urib ishlayveradilar. Darvoqe, ko'plab manbalarda televizorning vatani deya poytaxtimiz Toshkent e'tirof etilgan. Elektron televideniya tizimi 1928 yilda Toshkentlik ikki kashfiyotchi B.P.Grabovskiy va I.F. Belyanskiy tomonidan yaratilgan. Tajriba sifatida qo'llanilgan ilk televizion uskuna o'sha paytda “telefot” deb nomlangan.