SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
"Bunyodkor" metro bekati tashkil topgan kun
1977-11-07

Bunyodkor – metro bekati. Istiqlol maydonida joylashgan. “Chilonzor” yo'lidagi bekat sifatida 1977 yil 7 noyabrda “Xalqlar do'stligi” nomi bilan ochilgan. 2008 yil avgustdan hozirgi nomda. Me'morlari:M.Galeyev, V.Muratov, U.Rahimov, muhandis G.Oganesov va boshqalar. Bekat ustunli qurilgan. Sakkiz qirrali ko'rinishdagi oq marmar ustunlarning tepasini nilufar g'unchasi shaklidagi murakkab kallak bezagan. Yo'lovchilar zali devorlariga bo'rtma naqshlar tushirilgan. Shiftning har qaysi qanoti o'rtasida yashirin chiroqli ovalsimon o'yiqlar bor. Bekat sahniga an'anaviy milliy naqsh tushirilgan silliq kulrang va qora granit qoplangan. Istiqlol maydoni ostida bekatning yer osti vestibyuli joylashgan. Dumaloq yer ustidagi vestibyul jimjimador tojni eslatadi, uning ichkarisi zal ustuni bilan uyg'un holda bezatilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan