SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181920
22232425262728
2930     
Biokimyogar olim YolqinTo'raqulov Xolmatovich tavallud topgan kun
1916-11-10

Yolqin To'raqulov Xolmatovich 1916 yil 10 noyabrda tug'ilgan. Biokimyogar olim. O'zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1966). O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1965), biologiya fanlari doktori (959), professor (962). 1936 yil ToshTIni  tugatgan (1936). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-44). ToshTI rektori (1947-50). O'zbekiston sog'liqni saqlash vazirligi o'lka tibbiyot (hozirgi endokrinologiya) ilmiy tekshirish instituti direktori (1957-60, 1962-63, 1976-96), ayni vaqtda labaratoriya mudiri (1957-97; 1998 yildan ilmiy maslahatchi), O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi a'zosi (1970-72), vitse-prezidenti (1963-66), biologiya fanlari bo'limi raisi (1966-79), O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Biokimyo instituti direktori (1967-69), SamDU rektori (1970-72), O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Tibbiyot fanlari bo'limi raisi (1994-97). “Fan va turmush” jurnalining bosh muharriri (1974-88). Ilmiy ishlari qalqonsimon bez ptalogiyasining ba'zi turlarida tireoid gormonlari biokimyosiga oid. Qalqonsimon bez kasalliklarida radioaktiv yod yordamida o'tkazilgan klinik-biokimyoviy ishlari uchun nufuzli Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan (1964, R. Q. Islombekov bilan hamkorlikda). Biokimyo bo'yicha Toshkent maktabi asoschisi. Beruniy nomidagi O'zbekiston davlat mukofoti laureati (1985). "El-yurt hurmati” (1998) va “Buyuk xizmatlari uchun” (2003) ordenlari bilan mukofotlangan. 2005 yil 1 martda vafot etgan. Chig'atoy qabristoniga dafn etilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan