SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
O'zbekiston Ipakchilik inistitutiga asos solingan kun
1927-11-12

O'zbekiston Ipakchilik instituti, O'zbekiston ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti (Ipakchi ko'chasi, 1)-pillachilik va ipakchilik muammolarini o'rganadigan ilmiy tekshirish muassasasi.1927 yil 12 noyabrda O'rta Osiyo ipakchilik va ipakshunoslik instituti nomi bilan tashkil qilingan. 1931-91 yillarda O'rta Osiyo ipakchilik ilmiy –tekshirish instituti. 1991 yildan hozirgi nomda. 2007 yildan O'zbekiston qishloq-xo'jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida. Institutda ipak qurti seleksiyasi, naslchiligi, ipak qurti kasalliklariga  qarshi kurash, pillaga dastlabki ishlov berish va standartlash kabi bo'lim va labaratoriyalari mavjud. Institut olimlari tmonidan ipak qurtining 60dan ortiq zot va duragaylari yaratilgan. Institutda tut ipak qurtining xavfli kasalligiga qarshi kurashning yagona biologik usuli ishlab chiqildi. Ipak qurtining jahon genofondi yaratildi. Institutda ipak qurti zotlarining 100dan ortiq, tut navlarining 200dan ortiq kolleksiyalari bor. Institutda 64 xodim jumladan, 5 fan doktori, 7 fan nomzodi ishlaydi.(2009).  


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan