Fransuz temurshunoslari yozgan asarlar javonida professor Marsel Brioning kitoblari alohida o’rin tutadi. Jumladan, uning siz, aziz kitobxonlarga taqdim etilayotgan kitobi Amir Temur to’g’risida yozilgan asarlar orasida mukammalligi bilan ajralib turadi.
Yozuvchi Nurali Qobulning mazkur asari muallifning oldingi “Buyuk Turon yoxud aqil va qilich” romaning tadrijiy davomidir. Roman mohiyat etibori bilan Amir Temur shaxsini ko‘p qirralarda gavdalantirish bilan birga tariximizning bugungi nurli kunlarini, o‘zlikni yanada chuqurroq anglashga undaydi.
Qadimiy ajdodlarimiz bo'lgan sak, massaget, dah va boshqa qabilalar birlashib, hozirgi Turkiston hududida qudratli mamlakatlarni vujudga keltirganlar. Bu yerlar eng qadimgi davrlarda Turon, ya'ni turkiy xalqlar yashagan o'lka deb atalgan. Amudaryoning chap sohilidagi yerlar esa Eron nomi bilan mashhur bo'lgan. Fors xalqlari yashagan Eron ham qadimgi davlatlar jumlasiga kiradi. Turon va Eron mamlakatlari orasida tez-tez to'qnashuvlar bolib turgan.
XIII asr boshida Sharqda ikki qudratli hukmdor — Xorazmshoh Alovuddin Muhammad va Chingizxon katta harbiy-siyosiy kuchga aylanib, jahondorlikka da'vo qila boshladilar. Xorazmshoh Alovuddin Muhammad Xorazm, Movarounnahr, Afg'oniston, Eron va Iroqning sharqiy qismiga hukmdor edi. Lekin u bu bilan qanoatlanmay, Iroqning qolgan qismi va Xitoyning g'arbiy qismiga, ya'ni Koshg'arga ham da'vo qila boshladi.
Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” (mil. avv. V asr) asarida yozilishicha, Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II mil. avv. 530-yilda Turonga bostirib kirganida, To‘maris massagetlar qabilasining malikasi bo‘lgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) bo‘ylari va Qizilqumda yashashgan.
Arslonxon a'yonu mulozimlar e'tiroziga ham quloq solmadi. Uni ikki navkar biri bosh, ikkinchisi oyoq tarafidan ko'tarib, zinalardan masjid tomiga olib chiqishdi. Bu yerdan minora yonboshiga tashlangan ko'prikcha qarshisida eshik ochilgan edi. Navkarlar xonni avaylab minora ichiga kiritishdi va qo'lida mash'al ko'targan yasovul ortidan nim qorong'ulikda ehtiyotkorlik bilan aylanma zinadan tepaga ko'tarila boshlashdi. Borgan sayin minora ingichkalashib, pillapoyalar torayib, chiqish qiyinlashardi.
Buxoro davlatida yer-suv mulkchiligining uch shakli mavjud edi: 1) davlat yerlari (bu amlok yerlar deb ham atalgan); 2) mulk yerlari (xususiy); 3) vaqf yerlari. Davlat yerlarining suvsiz dasht, to’qayzor qismi ko’chmanchi jamoalarga bo’lib berilgan bo’lib, ular bu yerlardan foydalanganliklari uchun davlatga xiroj to’lar edilar. Bunday yerlar sotilmasdi va ayirboshlanmasdi.
1740- yilda Eron qo’shinlari Nodirshoh boshchiligida Buxoroga qarshi yana hujum boshladi. Buxoro va Xiva xonlari umumiy yo’qotishi dushmanga qarshi kurashish uchun birlasha olmadilar.Bu ham yetmaganidek, Buxoroning o’zida xoinlik yuz berdi. Xonlikda yetakchi mavqega ega bo’lib olish niyatidan qaytmagan Qarshi hukmdori Muhammad Hakimbiy Nodirshoh tomoniga o’tib ketdi.
«Ko'kaldosh» madrasasi Toshkent shahridagi tarixiy obidalardan biri sanaladi. Muhammad Solih Qoraxo'ja Toshkandiyning «Tarixi jadidayi Toshkand» kitobida «Ko'kaldosh» madrasasini Darveshxon qurdirganini yozadi va shu kitobining ba'zi joylarida madrasani Darveshxon madrasasi deb ham ataydi. Madrasa 1551-1575 yillar orasida qurib ishga tushirilgan.
Dehqonchilikdagi yutuqlar Qadimgi Turon diyorida zamonasining buyuk davlatlaridan Qang’ (Kanguy) podsholigi va uning janubiy hududida Kushon podsholigi ravnaq topgan davrda yuksalish boshlangan edi. Bu o‘zgarishlar albatta mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida muhim o‘zgarishlarga olib keldi. Dehqonchilik vohalarida shaharlarning soni ko‘paydi.