SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181920
22232425262728
2930     
Muallif: Administrator

Uells Gerbert. Ko`rinmas odam. Noma'lum kishi fevral oyining dastlabki kunlarida paydo bo'ldi; bu ayoz kunda uv tortib izg'irin shamol esmoqda edi. Shunga qaramay, u Bremblxerst temir yo'l stansiyasidan piyoda keldi; bu odamning qalin qo'lqopli qo'lida chog'roq sakvoyaj bor edi. U boshidan oyog'igacha kiyimiga burkanib olgandi; fetr shlyapasining keng soyaboni basharasini butunlay yashirib, faqat

Muallif: Administrator

Men — Volf Messiigman! Men bugun navbatdagi kechada o'z «Psixologik tajribalar» imni namoyish qilishim kerak. Ulkan zaldagi mingga yaqin odam oldiga chiqishim zarur, ularning hammasi menga qarab turadi. Men san'atimni ko'rsatib, ana shu kishilarni rom qilishim, hayajonlantirishim, hayratga solishim lozim, axir ularning yarmidan ko'pi buni mo``jiza deb hisoblaydi-da.

Muallif: Administrator

Mixani qaysi tomondan olib qaramang, u bari bir xamisha oyisining erkatoyi bo'lib kelgan. Boshqalar koptogingni o'ynashganda sen ko'zyoshi qilsang, e, bu oyisining erkatoyi ekan deyishadi. Sen hammaning ustidan shikoyat qilgani oying yoniga ketasan, bu paytda bolalar velosipedingda uchishayotgan bo'lishadi.

Muallif: Administrator

Bu kitobchada Mittivoy laqabli Svante Svanteson degan oddiy bir bola, uning Karlson ismli ajoyib do'sti haqida hikoya qilinadi.

Muallif: Administrator

O`rmon chetida uzunquloq quyonni quvib yurgan bo'ri chumoli uyasiga duch kelibdi. Chumolilar shahrini vayron qilish uchun bo'rining birgina oyoq bosishi kifoya qilibdi. Bir necha ko'chalar vayron bo'libdi, malika qasrining ro'parasidagi ajoyib maydon o'rnida kattakon chuqurlik paydo bo'libdi. Yaralangan chumoli-yu, ezib tashlangan tuxumlarning sop-sanog`i yo'q emish.

Muallif: Administrator

Vazir shoh oldiga qaytib kelibdi. Kizlar qo'llaridagi idnshlariii suvga to'ldirishibdi-da, uy-uylariga qarab jo'nashibdi. Shoh bunday qapaca molparastning qizi yo'lda ketib borayotganmish, shunda u vaziriga qarab:

Muallif: Administrator

Haydini yana o'z vataniga qaytarib kelish lozim, deb qatiy qaror qilgan xushmuomala janob xakim keng ko'cha bo'ylab xayolga cho'mgancha Zezemanlar uyi tomon kelardi. Bulutsiz osmonda sentyabr quyoshi charaqlab turgan bu tong shunchalar nurli, shunchalar faraxbaxsh ediki, bexosdan "barcha kishilar bu tong jamoliga mahliyo bo'lsalar kerak", degan xayolga kelardi kishi.

Muallif: Administrator

Tosh va konlar hukmdori deb nomlangan Slovak ertagi. Qishloqda ham, shaharda ham emas, tog'lar oralig'idagi qishloqda bir beva xotin yashar ekan. Eri o'lganidan beri g'am bilan yo'qchilik uning ostonasidan nari ketmas ekan. U mehnat qilib kun ko'rar, yagona ovunchog'i qizi ekan.

Muallif: Administrator

XX asr hind adabiyoti — hozirgi zamon ko'p millatli bir butunlik va bir makondan iboratdir, unda e'tiqodlar, an'analar, ma'naviy qadriyatlar yonma-yon yashaydi. Mana shu narsa hudud, til va an'analarga ko'ra tafovutlar bo'lishiga qaramay, umumiy qalbga ega bo'lgan yaxlit bir madaniyatga murojaat qilishimizni oqlaydi.

Muallif: Administrator

Zemstvo vrachi Grigoriy Ivanovich Ovchinnikov o‘ttiz besh yoshlarga borgan ozg‘in va asabiy kishi bo‘lib, o‘rtoqlari orasida o‘zining meditsina statistikasi bobidagi andak ishlari va «maishiy masala» deb atalgan narsaga mukkasidan ketganligi bilan mashhur edi. Bir kuni u ertalab palatalarni obxod qila boshladi. Vrach orqasidan, odatdagidek uning feldsheri, keksayib qolgan, yuzlari lo‘ppi, moylangan sochlari silliq taralgan, qulog‘iga zirak taqqan Mixail Zaxarovich ergashib borardi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan