SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
Abdulla Oripov she'rlari

O’zbekiston Respublikasi Хalq talim vazirligi

Respublika  bolalar  kutubhonasi.

  

     Fan;     Adabiyot

        Toshkent 2011

 

ABDULLA ORIPOV SHE`RLARI

 

A.Oripovning sho'ro davri she'riyatida zamonasozlik ruhida, davr va mafkura tazyiqi bilan yozilgan jamiyat ideallari, firqa g'oyalari, tuzum qahramonlari, yo'lboshchilari ulug'langan she'rlar yo'q emas. Ammo uning ijodini bunday anarlar belgilamaydi. Ayrim zamonabop namunalani hisobga olmaganda shoir ijodi zamonlar sinovidan o'tuvchi, umumbashariy qadriyatlar talabiga javob beruvchi asarlardan tashkil topgan. Bu asarlar, ayniqsa, chuqur milliy ruhi bilan ajralib turadi.

A.Oripov she'riyati o'zbek milliy badiiy tafakkuri va ruhiyati taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. Shoir ayni vaqtda, alohida qahramon tirnsolida ruhiyatning insoniyatga aloqador turfa jihatlarini, nuqtalarini ochishga usta.

“Qo'riqxona” she'ridagi lirik qahramon ichki olamining boyligi, tafakkurining chuqur va o'tkirligi bilan ajralib turadi, U dolzarb, sermiqyos muammoliirni mustaqil tahlil eta bilishi jihatidan, umuman, XX asrning mushohadakor, kuyunchak kishisidir. O'simlig-u hayvonotning kamyobini asrash uchun qo'riqxonalar yaratyapmiz, deydi lirik qahramon. Bu — yaxshi. Biroq ulardan ham kamyobroq bo'lib borayotgan, ulardan ham muhimroq muammolar-chi? Axir, ne-ne halol, pok, toza tuyg'ular ommalashib boryapti, sof qalblar kamayib ketmoqda, Shularni ehtiyot qilib, asrab-avaylab, qo'riqlaylik, axir.

Bu fikr-g'oyalar she'rda badiiy go'zal, milliy yo'sinda talqin qilinadi. Ezgulik tojdor turnadek kamyob bolib ketmasin, hayo otashga duch kelgan palapondek kuyib nobud bo'lmasin, imonni odamlar qor odamdek qidirib yurishmasin, bulbul maqomini boyqush da'vo qilgandek, go'zal tuyg'ular o'rnini xudbinlik. dilozorlik egallamasin. Bulaming barchasini avaylab, asramoq zarur.

Bunday umumbashariy qadriyatlarni ehtiyot qilishga chorlayotgan lirik qahramonlar o'zbek milliy tafakkuri va ruhiyati takomiliga ham jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Chunki bunday qahramon tabiatida davr va zamonning muhim ma'naviy muammolari o'z ifodasini topadi:

 

To'qayga o't ketsa yongay bus-butun,

Adolat borliqqit yolg'iz onadir.

Dunyo ham, insonlar qalbi ham bugun,

Yovuzlikdan zada qo'riqxonadir.

 

Shoirning lirik qahramonlari sbu tariqa mehrparvar, o'zgalar mehriga kuyunchak, ayni paytda, o'zlari ham mehrga doimo maxtal kishilardir.

A.Oripovning bunday she'rlari, qahramonlari doimo milliy o'ziga xosdir. “Dunyoda tariq kabi bedanabop gap ham mo'l", “Oyoqlangan qo'ziday dovdirar yelda maysa”, «Jaloliddin samani bo'lib, sakrab o'ting Amudaryodan”, «Yassaviy hok poyidan aylab oling tummorlar”, «Ufqda sarobdan otashin baldoq". «Salmog'i quvaning anoricha” bo'lgan yer shari — shu va shu kabi betakror, o'xshashi yo:q milliy obrazlar va ularni yuzaga keltinivchi milliy tafakkur yo'sini Abdulla Oripov she'riaridagi shiddatli ohang qanotlarida o'z muallifini yuksaklarga ko'taradi.

Yuqoridagi she'rlar qatoriga Vatanning oqqush qo'shiqlaridek jaranglovchi «Men nechun sevaman O'zbekistonni”, «O'zbekiston” kabi she'rlarni; istiqlol davrida yaratilgan «Vatan”, «Xalq”, “Temur”, «Adolat oftobi”, «Erk haqqi” singari manzumalarni; «Bedorlik” (1999), “Shoir yuragi" (2003) kabi yangi to'plamlardagi asarlarni: buyuk italyan shoiri Aligeri Dantening «Ilohiy komediya”sidek jahon adabiyotining mumtoz namunasi tarjimasini qo'ysak, A. Oripov ijodining naqadar sermiqyos ekani yanada oydin bo'ladi.

«Jannatga yo'l” dramatik dostoni ana shu asarlar ichida salmoqli o'rin egallaydi.

“Jannatga yo'l” dramatik dostoni

  Asar nazm va dramaturgiyaning yetakchi xususiyatlarini o'zida istifoda etgan dramatik doston janriga mansub.

Afsonaviy-mifologikva fantastik mavzu asosida yaratilgan asardagi voqea-hodisalar «narigi dunyo”da sodir bo'ladi. Lekin bu yozuvchi qo'llagan bir usul ekanini unutmaslik kerak. Aslida mifologik libosda realistik maqsad harakat qiladi, ya'ni adib afsonaviy naql vositalari orqali biz yashab turgan shu dunyo muammolarini talqin etadi. Komil inson, ezgulik, yomonlik, oxirat singari qadriyatlarning azaliy mezonlari jonli timsollar —jonli obrazlar orqali ko'rsatiladi. Muallif maqsadlarini ifodalovchi ramziy ma'no asar nomiga jo qilingan. Inson tasavvuridagi oliy ideal, oliy xilqat jannat ekan, bu joyga eltuvchi yo'l, shoir talqini va tasviricha, siz bilan biz yashayotgan shu tiriklik dunyosidagi ezgulik, mehr-muruvvat, diyonatda; ota-ona, yaqinlar, umuman, odamlar oldidagi ularning har biriga munosib qarzni uzish va burchni ado etishda, Alloh oldidagi qarz, avvalambor, uning bandasi oldida uzilmog'i kerak. U dunyoning ochqichi shu dunyoda. Tiriklik dunyosidagi qilmishlar, nojo'ya ishlar uchun bu yorug olamda tegishli ajr olishga ulgurilmasada, oxiratda u oqizmay-tomizmay olinishi, shubhasizdir.

Bu g'oya dostonda Yigit, Ona, Ota, Do'st singari obrazlar orqali ochilib boradi. Asar asosida muhim bir badiiy konsepsiya yotadi; ezgulik faqat imkon borida yoxud imkon boricha ro'yobga chiqariladigan xohish emas. Ezgulik insonda albatta amalga oshirilishi zarur ehtiyoj bo'lmog'i kerak. A, Oripov ezgulikni bu dunyoda yashab o'lib, u dunyoga tushgan qahramonlar timsolida ana shunday talqin etadi. Mezon tarozusida gunoh va savoblar o'lchanar ekan, hayotda qilgan ezguliklar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Nainki yomonlik, balki hatto yomonlarga befarqlik, do'st u yoqda tursin, bcgonani hasadgo'ylardan himoya qilish o'rniga, o'z tinchligini ko'zlab, dumini quruqqa olib qochishdagi nomardlik shoirning komil ishonchiga ko'ra, ko'zga ko'rinmaydigan insofsizlikdir. Shuning uchun bu dunyoda silliqqina, kamtargina yurgan dostonning ayrim qahramonlari u dunyoda munosib jazosini olayotgan kishilar sifatida tasvirlanadi.Ezgu ishlarni amalga oshirish va yomonlikka ayovsizlik asarda inson burchini belgilaydigan ikki asosiy omil sifatida belgilanadi. Bu hol Yigitning Tarozibon bilan suhbatida, Ota bilan Yigit dardlashuvida, Ona monologlarida, Do'st va Yigit muloqotida yaqqol ochilib boradi,

Yaxshi amallarning inson qismatidagi o'rnini tasvirlashga adib katta kuch sarflaydi va buni go'zal obrazli vositalarda ishonarli. dalillab beradi. Ota-ona hurmati ulug'langan sahnalarda bu masala yanada teran aks etadi, Chunonchi, hayotlik dunyostda ota-onani behurmat qilish u yoqda tursin, xato qilib bir bor scnsiragaru uchun yetti mana hajga borgan kishi jannatga noil bo'lolmay qoladi.

Shoir timsolida komil inson qiyofasi. Savob — yaxshi. Savob — mo'tabar. Biroq savobdan savobning farqi bor ekan.

Soydagi toshqinda yigit bir qizaloqni qutqardi, biroq o'zi bevaqt vafot etdi. Tarozibon hisob-kitobiga ko'ra, tasodif tufayli yoki faqat ayrim hollarda qilingan savobli ishning o'zigina jannatga tushish uchun yetarli bo'lolmaydi. «Savob degan narsa axir tasodif emas, Yetmish ikki tomirdan u oqib kelgusi”, deb yozadi shoir. Dostonda markaziy qahramon sifatida ijodkor shaxsning o'ziga xos qiyofasi yaratildi. Ijodkor hamisha el g'amida, haqiqat yo'lida ezgu ishlar qilishi, ezgu so'zlar aytishi lozim ekani ma'lum. Biroq mazkur fikr asarda qahramonga “narigi dunyoda” ko'rsatilgan munosabat orqali original yo'sinda talqin etiladi.Bosh qahramon Yigit hayotligida shoir bo'lgan. Mezon tarozisi yonida fe'l-atvori tekshirilganda jannatga tushish uchun ikki paysa yetmasligi ayon bo'ladi. Holbuki, u odamlardan yaxshiligini sira ayamagan, Halol, Insofli, Imonli. Unday bo'lsa, Yigitning gunohi nimada?

Tarozibon ma'lum qilishicha, Yigit huyoiligida shoir ekan, odamlarning boshiga yetgan hasadgo'y, qora yurak, tuhmatchi, pismiqlarni ba'zan ko'ra-bila turib, ularga qarshi kurashmagan, fosh etmagan. Azob ko'rganlarningdardini kuylash, ularm himuya qilish o'rniga, gul-u yulduzga she'r bitish bilan andarmon bo`lib yuravergan. Haqiqat tarozisining e'tiroficha bu ish gunoh sanalar ekan. Fitratning “Qiyomat”idagi Pochamir gunoh-savob o'lchovida Tarozibon bilan obdon tortishsa, A.Oripovning Yigiti gunohlarini bo'yniga oladi. Bu—shoir Yigit obraziga A.Oripov nainki asar yozilgan davr shoiri haqidagi xalq orzu-umidini, balki ijodkor shaxs haqidagi o'z idealini ham asarga singdirganini ko'rsatadi. Ota bilan dardlashuv, Ona sog'inchi Yigit obrazi ochilishida muhim rol o'ynaydi. A.Oripov — nozik realist. Ota — u dunyoda ham ota, ona — u dunyoda ham ona ekan-da. Ikkovlari u dunyoda ham farzandlariga jon kuydirish bilan ovora. Tamom pokdomon eding, o'zing ham boshqalardan jabr ko'rgansan, jabr chekkan-larga keragicha yordam bcrolmaganing noilojliging tufayii edi, deydi Ota. Yigitning esa, bu masalada endi chuqurroq o'z fitlsafasi bor. Uning shu holaldagi fikrlariga muallif katta ma'no yuldaydi. Yigit shunday xulosaga keldi: insonning faqat pokdomonligi hali butkul gunohsizlik uchun asos bo'lolrnas ekan. O'zgalarning azob chekishiga sababchi bo'lgan kimsalarga qarshi kurashmaslik o'sha azoblarni keltirib chiqaruvchi sabablarga sheriklik kabidir. Shoir esa, shunday mukarram zotdirki, hayotdagi yaramaslikka, qabihlikka qarshi kurashish uning xohishi emas, burchidir. Bu ishni amalga oshirmagan ekan, demak, toptalgan or-nomus uchun, yomonlar tufayli ojiz-bechoralarning azobda qolgani uchun u ham aybdordir, gunohkordir.A.Oripov hayotdagi murakkablik, ziddiyatlarni «u dtmyolidagi qahramonlar orqali ham namoyon etish lozimligini unutmaydi. Bu e'tibor xarakter hayotiyligi. haqqoniyligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Mualiif Yigitning yaxshi niyatlarni amalga oshira olmagani sabablari bo'lganini ko'rsatadi. U ham ne-ne ig'volarga uchragan, sadoqatli odamlarga muhtoj, gohi yolg'iz, gohida nochor edi. Yolg'iz edi dimyoda u, lekin chinakam Yolg'izlatib qo'ygan edi hayot beshafqat.

Administrator
Sayt administratori
Ko‘chirib olishni xohlasangiz, saytga a’zo bo‘ling yoki foydalanuvchi nomi ostida kiring.

Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan