SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
Angishvonagul bargi

O’zbekiston Respublikasi Хalq talim vazirligi

Respublika bolalar kutubхonasi

Fan:Biologiya

 

Angishvonagul bargi – Folia digitalis

O’simlikning nomi. XI DF ga ko’ra mahsulot angishvonagul o’simligining quyidagi ikki turidan tayyorlanadi: qizil angishvonagul – Digitalis purpurae  va  yirik gulli angishvonagul – digitalis grandiflora; sigirquyruqdoshlar - scrophulariaceae oilasiga mansub.

Qizil angishvonagul ko’p yillik o’t o’simlik bo’lib, bo’yi 30-120 sm ga yetadi. Ildizidan birinchi yili faqat ildizoldi to’pbarglar, ikkinchi yili esa poya o’sib chiqadi. Poyasi bitta yoki bir nechta tik o’suvchi bo’lib, tuklar bilan qoplangan. Ildizoldi barglari cho’ziq tuxumsimon, o’tkir uchli, to’mtoq tishsimon qirrali, uzun bandli bo’lib, uzunligi 12 -25 sm. Poyaning pastki qismidagi barglari uzun bandli, uzunligi 12-20 sm. Barg poyasining yuqori qismiga chiqqan sari kichiklashadi, bandi esa qisqara boradi. Poyaning hamma qismidagi barglari to’mtoq tishsimon qirrali, barg bandi esa qanotli bo’ladi. Barg plastinkasining yuqori tomoni burishgan, to’q yashil, pastki tomoni esa kulrang, sertuk, to’rsimon tomirlangan. Barg plastinkasining pastki tomonidagi tomirlari juda yaxshi taraqqiy etgan, ular aniq bilinib turadigan mayda to’r hosil qiladi. Barg plastinkasi pastki tomoning sertuk bo’lishi va tomirlarining o’ziga hos to’r hosil qilishi bu o’simlikning asosiy xarakterli belgilaridan biridir. Gullari egilgan bo’lib, bir tomonli shingilga to’plangan. Gulkosachasi qo’ng’iroqsimon, asos qismiga qadar 5 bo’lakka qirqilgan. Tojbargi 5 ta, angishvonasimon yoki naychasimon – qo’ng’iroqsimon birlashgan, pastki qismi ingichkaroq, usti qizil, ichi oq, ikki labli, yuqori labi sal qirqilgan 2 bo’lakli, pastki labi 3 bo’lakli bo’lib, to’toq uchburchak shakliga ega. Otaligi 4 ta, onalik tuguni 2 xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – ikki xonali, ko’p urug’li ko’sakcha.

Iyun – iyul oylarida gullaydi, urug’i iyul – avgust oylarida yetiladi.

O’simlikning hamma qisni zaxarli!

Geografik tarqalishi. Qizil angishvonagul Ukraina, Belarus hamda Krasnodar o’lkasidagi kolxoz va sovxozlarida o’stiriladi.

Yirik gulli angishvonagul ko’p yillik, bo’yi 40-100 sm ga yetadigan o’t o’simlik. O’simlikda birinchi yili faqat ildizoldi to’pbarglar, ikkinchi yili esa poya hosil bo’ladi. Poyasi tik o’suvchi, shoxlanmagan. Bargi lansetsimon yoki cho’ziq lansetsimon, o’tkir uchli , bir oz o’tkir arrasimon qirrali. Poyaning pastki qismidagi barglari keng qanotsimon bandli, yuqori qismidagilari esa bandsiz. Barg plastinkasining har ikkala tomoni yashil rangga bo’yalgan. Tuklar bargning pastki tomonidagitomirlar bo’ylab joylashgan. Barg uzunligi 7-25 sm, eni 2-6,5 sm, tomirlari kam shoxlangan. Gullari egilgan bo’lib, bir tomonli shingilga to’plangan. Gullari sariq, gulkosachasi 5 bo’lakli, tojbargi 5 ta, birlashgan – angishvonasimon. Mevasi – ko’p urug’li, ikki xonali ko’sakcha.

Iyun – iyul oylarida gullaydi.

Geografik tarqalishi. Yirik gulli angishvonagul yovvyi holda Ural tog’larida va G’arbiy Sibirning Uralga yondashgan tumanlarida, Oltoy tog’ etaklarida, Rossiyaning Ovrupa qismini ba’zi tumanlarida, qisman Latviya, Karpat va Shimoliy Kavkaz tog’laridagi keng yaproqli va aralash o’rmonlarida o’sadi. Mahsulotni tayyorlaydigan asosiy joylar Severdlovsk va Chelyabinsk viloyatlari.

Mahsulot tayyorlash. Yirik gulli angishvonagulning mahsuloti yovvoyi holda o’sadigan o’simlikdan tayyorlanadi. O’simlikning birinchi yili ildizoldi to’pbarglari, ikinchi yildan boshlab ildizoldi to’pbarglari va poyadagi barglari uni gullash davrida yig’iladi. Qizilangishvonagul o’simligi plantatsiyalarda bir yoki ikki yillik o’simlik sifatida o’stiriladigan bo’lgani uchun uning ildizoldi barglarini yoz bo’yi 2-3 marta, ikkinchi yili esa o’simlikni gullash davrida poyadagi barglarini bandsiz qilib yig’ib olinadi. Bargni quritishdan oldin bandidan ajratiladi. Chunki barg bandida ta’sir etuvchi modda – glikozidlar kam bo’ladi hamda tez qurishiga halaqit beradi. Odatda bargni kunning ikkinchi yarmida, havo ochiq vaqtida yig’ish tavsiya etiladi. Chunki bu vaqtda bargda ta’sir etuvchi modda ko’p bo’lib, havo bulutligida yoki qorong’ilikda u bir oz kamayadi. Mahsulotni yig’ib olib, tezlik bilan 50-600haroratda quritiladi. Agar mahsulot sekin qyritilsa tarkibidagi glikozidlar parchalanib ketishi mumkin.

 Mahsulotni tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot angishvonagul o’simliklarining quritilgan bargidan tashkil topgan. Angishvonagul o’simliklarining bargi asosan bir-biridan barg plastinkasining shakli, ser yoki kam tukliligi, tomirlarining taraqqiy qilishi hamda plastinkasining qirrasi bilan farq qiladi.

Mahsulot hidsiz va yoqimsiz – achchiq mazasi bor.

 Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan  qizil angishvonagul o’simligi barg plastinkasining tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko’riladi.

Qizil va yirik gulli angishvonagul barglarining epidermis hujayralari egri-bugri devorli bo’ladi. Ustitsalar bargning yuqori epidermisidan ko’ra pastki epidermisida ko’p uchraydi. Tuklae asosan bargning pastki epidermisida joylashgan. Ular 2 xil bo’ladi: oddiy va boshchali tuklar. Oddiy tuklar uzun, 3 ba’zan5 hujayrali, bir oz so’galli, hujayra devori juda yupqa bo’ladi, ba’zan ayrim hujayralari tushib qolgani uchun u yerdagi tuk devorlari bir-biriga tortilib birlashgan holda ko’rinadi. Boshchali tuklar mayda, ular ikki hujayrali boshchadan va bir hujayrali kalta oyoqchadan tashkil topgan bo’lib, ustidan qaraganda 8 raqami shaklida ko’rinadi. Ba’zan boshchasi bir hujayrali tuklar ham uchraydi.

Angishvonagulning hamma turlari bargida kalsiy oksalat kristallari bo’lmasligi, mayda, ikki hujayrali boshchali bezli va uzun, oddiy, so’galli tuklar bo’lishi bilan harakterlidir. Qizil angishvonagul bargida oddiy tuklar zich, boshqa turlarda esa siyrak joylashgan. Sertuk angishvonagulda oddiy tuklar 12 tagacha hujayrali bo’lib, ular barg bandida va asos qismida o’rnashgan.

Angishvonagulning boshqa turlarini barg epidermis hujayrali ustki tomondan aniq ko’rinadigan darajada qalinlashgan bo’adi.

 Kimyoviy tarkibi. Angishvonagul o’simligining hamma qismi tarkibida yurak glikozidlari bo’ladi. Qizil angishvonagul o’simligining bargida purpureaglikozid A, prupuraglikozid B, 0,25-0,3% digtoksin, gitoksin, 0,11% gitaloksin va boshqa yurak glikozidlari bor. Purpureaglikozid A ferment ta’sirida glyukozaga va digitoksin glikozidiga, digitokzin glikozidi esa kislota ta’sirida 3 molekula digitoksozaga va digitoksigenin aglyukoniga parchalanadi. Shuningdek, purpureaglikozid B glyukozaga va gitoksin glikozidiga, so’ngra 3 molekula digitoksozaga hamda gitoksigenin aglikoniga parchalanadi.

O’simlik urug’i tarkibida digitalinum verum, gitoksin va boshqa yurak glikozidlari bo’ladi.

Barg va urug’ tarkibida yurak glikozidlaridan tashqari, steroid saponinlar, flavonoidlar hamda organik kislotalar bor.

XI DF ga ko’ra 1g angishvonagul o’simligi bargining biologik faolligi 50-66 LED yoki 10,3-12,6 KED bo’lishi kerak.

Ishlatilishi. Angishvonagul o’simliklarining preparatlari yurak porogi hamda yurak kompensatsiyasi buzilishi natijasida qon aylanishining II va III darajali buzilishini, gipertoniya va yurakning tebranuvchi aritmiyasini davolashda ishlatiladi. Ular strixnin, kofein va kamfora bilan birlikda og’ir yuqumli kaslliklardan keyingi yurak va qon tomirlarining zaralanishidan kelib chiqqan yurak faoliyati susayishini davolashda ishlatiladi.

 Angishvonagul o’simligining bargi, glikozidlari, shuningdek bargdan tayyorlangan preparatlar kumulyatsiya ta’siriga, ya’ni organizmda to’planib qolib, so’ngra ta’sir qilish hususiyatiga ega. Ular ko’p iste’mol qilinsa, kishi zaxarlanishi mumkin. Shuning uchun angishvonagul o’simligi preparatlari yurakka ta’sir etuvchi boshqa preparatlar bilan birga navbatma-navbat ishlatilishi kerak.

 Dorivor preparatlari. Bargdan tayyorlangan poroshok, tabletka, damlama, kordigit hamda tabletka holidagi digitoksin va boshqalar.

Angishvonagul o’simligining boshqa turlari ham o’rganilgan. Ular tarkibida qizil angishvonagul singari yurak glikozidlari hamda ularning preparatlari tibbiyotda ishlatilishiga ruxsat etilgan. Boshqa angishvonagul o’simliklarining preparatlari ham yurak kasalliklarida ishlatiladi.

 Kiprikli angishvonagul yer ustki qismi – herba digitalis ciliatae

O’simlikning nomi. Kiprikli angishvonagul - digitalis ciliata ; sigirquyruqdoshlar - scrophulariaceae oilasiga kiradi.

Ko’p yillik, bo’yi 30-60 sm ga yetadigan o’t o’simlik. Bahorda ko’p boshki ildizpoyasidan barglar va bir nechta poya o’sib chiqadi. Poyasi tik o’suvchi, shoxlanmagan. Ildizoldi to’pbarglari hamda poyadagi barglari bansiz, tor lansetsimon, o’tkir uchli, siyrak tishsimon qirrali, siyrak tukli bo’lib, uznligi 4-7 sm va eni 0,5-2,5 sm. Bargining yo’gon tomirlari faqat plastinkasining pastki tomonidan bilinadi. O’simlik gullaganda ildizoldi va poyaning pastki qismidagi barglari qurib qoladi. Gullari siyrak, bir tomonli shingilga to’plangan. Guli sarg’ish-oq rangli, angishvonasimon. Mevasi – ko’p urug’li ko’sak.

Iyun-iyul oylarida gullaydi.

O’simlikning hamma qismlari zaxarli.

Geografik tarqalishi. Gruziyaning shimoli- g’arbidagi tog’li tumanlarda o’sadi.

Kimyoviy tarkibi. Barg tarkibida yurak glikozidlari bor. Bulardan tashqari, bargdan apigenin, lyuteolin flavonoidi ham ajratib olingan. Urug’i tarkibida 6,67% digitonin steroid saponini bor.

Ishlatilishi. Dorivor preparati qizil va yirik gulli angishvonagullar preparatlari bilan birgalikda yurak kasalliklarini davolashda qo’llaniladi.

 Sertuk angishvonagul bargi – folia digitalis lanatae

O’simlikning nomi. Sertuk angishvonagul – digitalis lanata; sigirquyruqdoshlar – scrophulariaceae oilasiga kiradi.

Ko’p yillik, bo’yi 30-80 sm ga yetadigan o’t o’simlik. Plantatsiyalarda 2-3 yillik, bo’yi 1-2 m o’t o’simlik holida o’stiriladi. Poysi bitta yoki bir nechta, tik o'suvchi, qizil-binafsha rangli, pastki qismi tuksiz, yuqori qismi sertuk. Ildizoldi va poyaning pastki qismidagi barglari cho’ziq lansetsimon, o’tmas yoki o’tkir uchli, sertuk, uzunligi 6-12sm,eni 1,5-3,3 sm bo’lib, asosiy va 3-4 yon tomirlari yaxshi taraqqiy etgan. Poyaning yuqori qismidagi barglari lansetsimon bo’lib, poyada bandsiz ketma-ket o’rnashgan. Barg poyaning yuqori qismiga chiqqan sari kichraya boradi. Gullari shingilga to’plangan. Gul o’qi va kosachabargi juda ko’p oq tuklar bilan qoplangan. Gulkosachasi qo’ng’iroqsimon bo’lib, asos qismigq qadar 5 bo’lakka qirqilgan. Gul tojisi qo’ng’ir-sariq rangli, sharsimon ishgan, 2 labli, yuqori labipastki labidan kalta, ikki bo’lakli, pastki labi 3 bo’lakli, o’rtadagi  bo’lakchasi kurakcha shakliga ega. Otaligi 4 ta, onalik tuguni tukli, 2 xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – konussimon, ko’p urug’li ko’sakcha.

Iyun – avgustda gullaydi.

O’simlikning hamma qismlari zaxarli.

Geografik tarqalishi. Yovvyi holda faqat Ukraina respublikasining Zakarpat va Izmail viloyatlarida butalar orasida, o’tloqlarda va tepaliklarning ochiq yon bag’irlarida o’sadi. Sertuk angishvonagul Shimoliy Kavkazda, Ukrainada va qisman Moldovada o’stiriladi.

Mahsulot tayyorlash. Sertuk angishvonagulning birinchi yili ildizoldi to’pbarglari yil bo’yi 2 marta, ikkinchi yili o’simlik gullagunicha 2-3 marta yig’iladi. Terilgan barglar tezlikda 50-600C quritgichlarda quritiladi.

Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Quritilgan barglari bir oz qalin, cho’ziq– lansetsimon, to’mtoq yoki o’tkir uchli, ba’zan bir nechta mayda tishli, asosiy va 3-4 yon tomirlari aniq bilinadigan, ust tomoni tuksiz, yaltiroq, yashil rang, pastki tomoni och yashil, tomirlari sariq – qo’g’ir, asos qismi qizg’ish bo’lib, uzunligi 6-12 sm, eni 1,5- 3-5 sm. Mahsulot kuchsiz, o’ziga hos hidga ega.

Kimyoviy tarkibi. Sertuk angishvonagul o’simligining bargi tarkibida 0,5-1% gacha yurak glikozidlari bo’ladi. Glikozidlar summasidan lanatozid A, lanatozid B, lanatozid C va boshqa yurak glikozidlari ajratib olingan. Sertuk angishvonagul urug;i tarkibida ham  yurak glikozidlari bor. Barg va urug’ tarkibida yurak glikozidlardan tashqari steroid saponinlar, atsetilholin, flavanoidlar va boshqalar bor.

Har uchchala A, B  va  C lanatozidlar ferment ta’sirida o’zidan bir molekula glyukoza hamda atsetil radikali ajiratib, digitoksin, gitoksin va digoksin glikozidlariga kislota ta’sirida uch molekula digitoksozaga va o’zining aglikoniga parchlanadi.

Ishlatilishi. Sertuk angishvonagul o’simligining dorivor preparatlari qizil va yirik angishvona gul preparatlari singari yurak kasaliklarini davolashda qo’llaniladi. Farqi shundaki, sertuk angishvonagul dorivor prepatlari tezroq organizmga  so’riladi, organizmda ko’p yig’ilib qolmaydi va siydik haydash – diuretik ta’siri kuchliroq. Lekin bu o’simlikni preparatlari ham boshqa angishvonagul preparatlari singari ehtiyotlik bilan va faqat shifokor maslahatiga ko’ra ishlatilishi kerak.

Dorivor preparatlari. Suyuq holdagi preparatlar; yangi galen perparati lantozid, selanid, digoksin va atsetildigitoksin.

 

Malla angishvonagul bargi – folia digitalis ferrugnineae

 O’simlikning nomi. Malla angishvonagul – digitalis ferruginea; sigirquyruqdoshlar- scrophulariaceae oilasiga kiradi.

Ko’p yillik, bo’yi-40-70 sm ga yetadigan o’t o’simlik. Ildizpoyasi yer ostida egri-bugri, gorizontal joylashgan. Poyasi bitta, tuksiz, asos qismi yoysimon ko’tariluvchi. Ildizoldi to’p barglari va poyaning pastki qismidagi barglari cho’ziq lansetsimon, o’tmas uchli, tekis qirrali bo’lib, uzunligi- 7-15 sm, eni- 1-2,5 sm. Barg  plastinkasi  sekin – asta qisqa qanotli bandga aylana boradi. Poyaning o’rta va yuqori qismidagi barglari bandsiz, cho’ziq lansetsimon, o’tkir uchli, tekis qirrali bo’lib, poyada ketma-ket joylashgan, barg poyaning yuqori qismiga chqqan sari kichiklasha boradi. Bargning katta tomiri bilinadi, gullari 15-40 sm uzunlikdagi ko’k gulli shingilga to’plangan. Guli malla – sariq rangga bo’yalgan. Gulkosachasi asos qismigacha 5 ga qirqilgan, gultojisi esa qo’ng’iroqsimon, ikki labli. Yuqori labi ikki bo’lakli, kalta, pastki labi uch bo’lakli, o’rtasidagi bo’lagi boshqalriga nisbatan uzun. Otaligi to’rtta, onalik tuguni ikki honali, yuqoriga joylashgan. Mevasi-ko’p urug’li tuhumsimon ko’sakcha.

Iyun-iyulda gullaydi.

O’simlikning hamma qismi zaharli!

Geografik tarqalishi. Zakavkazyening sharqi-janubidagi keng yaproqli o’rmonlarda va butalar orasida o’sadi.

Kimyoviy tarkibi. Malla angishvonagul bargida 1% gacha yurak glikozidlari uchraydi. Glikozidlar summasidan digilanid A, digilanid  B va boshqa glikozidlari ajiratib olingan. Bulardan tashqari barg va urug’ tarkibida steroid saponinlar bo’ladi.

Dorivor preparatlari. Digalen neo.  

Administrator
Sayt administratori
Ko‘chirib olishni xohlasangiz, saytga a’zo bo‘ling yoki foydalanuvchi nomi ostida kiring.
Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan