SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
1918 – 1939 yillarda Hindiston

O’zbekiston Respublikasi Хalq talim vazirligi

Respublika bolalar kutubхonasi

Fan:Tariх

 1918 – 1939 YILLARDA HINDISTON

 Hind milliy kongressining mustamlakachilikka qarshi kurashi. Birinchi jahon urushidan keyingi voqealar shuni ko’rsatadiki, Hind kongressi (HMK) hind xalqo orasidagi katta obro’ – e’tiborga ega, xalqning o’zi ham zolimlarga qashi yangidan kurash boshlashga shay. Shu bilan birga ingliz hukumati Angliya tojining eng boy va eng go’zal qismi bo’lgan Hindistondan ketmoqchi emasligini ko’rsatdi.

1919 yil 13 aprelda Ampitsar shahrida (Panjob poytaxti) ingliz qo’shinlari taniqli siyosiy arboblarning, HMK faol rahbarlarining shahrdan chiqarib yuborilishiga qarshi norozilik mitingini o’qqa tutdilar.

Maydonda 20 min kishi to’plangan edi. Qo’shinlar qurolsiz kishilarga qarata o’q ota boshlashdi. Mingdan ziyod kishi o’ldirildi, ikki mingdan ko’prog’I yaralandi.

Hind xalqi ommaviy chiqishlar, namoyishlar, ish tashlashlar bilan javob qaytardi, hamma joyda polisiya bilan to’qnashuvlar yuz bera boshladi. Mamlakat fuqarolar urushi yoqasiga kelib qoldi.

Biroq HMK boshlangan ommaviy harakatni qo’llab - quvvatlamoqda. Partiyada kurashning kuch ishlatish shakllarini inkor etib, faqat tinch, zo’rliksiz shakllariga yo’l qo’yadigan gandicha mafkura g’alaba qoqozndi. Kurashning bu shaklini Gandisatiyagraxa – “qat’iylik haqiqatda” deb nomladi.

Gandi 1915 yildan HMK ga boshchilik qildi. U mamlakat  aholisining ishtirokisiz Hindiston mustaqilligiga erishish mumkin emasligini yaxhshi tushunardi, lekin boshqa tomondan ommaviy chiqishlar zo’rliksiz harakatlar doirasidan tashqariga toshib ketishidan xavfsirardi, zero, bunda Hindiston inqilobiy tartibsizlik domiga cho’kkan bo’lardi.

Gandi Lev Tolstoy bilan yaqin aloqada edi va Tolstoyning yomonlikka zo’ravonlik bilan qarshi chiqmaslik haqidagi ta’limotini qabul qilgandi. Tolstoy va Gandi uzoq vaqt xat yozishib turishdi hamda Gandi o’zini Tolstoyning shogirdi deb bilardi.

Mustaqillik uchun kurashning kuchayishi. 1918 yildan HMK burjuaziya va ziyolilarning kichik tashkilotidan ommaviy partiyaga aylana boshladi. Gandining tinch namoyishlarida vat inch yurishlarida qatnashishga chaqirig’I hind mehnatkashlarining keng ommasini milliy – ozodlik harakatiga jalb etish uchun imkon yaratdi.

Shu bilan birga ctixiyali ravishda kuchayib borayotgan milliy – ozodlik harakati, zavod va fabrikalardagi ish tashlashlar, provinsiyalardagi dehqonlar g’alayonlari, ko’plab shaharlardagi talabalar va o’quvchilarning chiqishlari Milliy congress harakatlarini faollashtirish uchun rag’batlantiruvchi omildek edi.

Partiyaning o’zida ham bo’linishi yuz berdi. Gandining harakatalrida norozi yosh kongresschilarning bir guruhi J.Neru boshchiligida mustaqillik uchun kurash ko’paytirilishini talab qilgan Umumhindiston mustaqillik ligasini tuzishdi.

Neru Javaharla’l (1889 – 1964) – mamlakat mustqailligi ushun kurashdi. M.Gandining safdoshi. Hokimiyat tomonidan ta’qib qilingan, 10 yildan ko’proq qamoqda bo’lgan. 1947 yildan – hindiston respublikasi Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri.

Hindistonda ish tashlashlar to’lqini avj oldi. Kasaba uyushmalarining ta’siri kuchaydi. Stachkalar siyosiy tus olib, tez – tez birdamlik ish tashlashlari o’tkazildi. Ishchilar bilan dehqonlarning kuzatilgani holda ishchi birlashgan namoyishlari o’tkazila boshladi va ishchi – dehqon partiyalari tuzildi.

Gandi qon to’kilishini, adovat va qahru – g’azabni istamas, mustaqilikka kuch ishlatmaslik yo’li bilan erishishni ko’zda tutardi. Mustaqillik uchun kurash kuchayib, qonli to’qnashuvlar boshlanganini ko’rgach, Gandi barcha chiqishlar oqimini fuqarolar bo’ysinmasligi o’zaniga burishga qaror qildi.

U ingliz hokimiyatidan tuz solig’I bekor qilinishini talab qildi. 1865 yili inglizlar tomonidan joriy etilgan bu soliq tuz savdosini Angliya hukumatining minopoliyasi den e’lon qildi.

Tuz narxi yuz barobar oshib ketdi va natijada ko’pchilik hindlar uchun tuz olish imkonsiz holga aylandi. Tuz etishmasligi tufayli organizmda qaytarilmas o’zgarishlar yuz bersi, bu esa jismoniy tanazzulga olib keladi. Hind xalqining ko’pchilik qismi shu qismatga duchor bo’ldi.

Fuqarolar bo’ysinmasligi kompaniyasi. Mustanlakachilar hokimiyati Gandining talablarini bajarishdan bosh tortdi. Shunda Gandi Kongress rahbariyati bilan fuqarolar bo’ysinmasligi kompaniyasini boshladi.

1930 yil 12 martda Gandi bir guruh izdoshlari bilan Arabiston dengizi sohiliga yo’l oldi va bu yerda ingliz tuz kompaniyasiga bo’ysinmaslik belgisi sifatida tuz pishira boshladi. Gandi sheriklari bilan birga qamoqqa olindi, Kongressning boshqa rahbarlari, shu jumladan J.Neru ham hibsga olindi. Umuman 60 mingdan ziyod kishi qamaldi. Milliy congress qonundan tashqari deb e’lon qilindi.

Javob sifatida butun Hindiston fuqarolar bo’ysunmasligi harakati boshlandi, shimoli – g’arbiy chegara provinsiyada qo’zg’olonlar, Abdul G’afforoxon boshchiligidagi pushtu qabilalari bilan qurolli to’qnashuvlar yuz berdi.

Ingliz hukumati ularga qarshi aviasiyani qo’llashga majbur bo’ldi. 1930 yil yozida Peshavor, Chittagong, Bombey, Kal’kutta, Madras shaharlaridagi g’alayonlar munosabati bilan harbiy holat e’lon qilindi.

Fuqarolar bo’ysunmasligi bilan bir paytda dehqonlarning g’alayonlari ham boshlandi. Hamma joyda dehqonlar bo’linmalari tuzildi. Ularga qarshi polisiya qismlari tashlandi va dehqonlar yo’lboshchilarining ko’pchiligi hibsga olindi.

1930 – 1931 yillarda Hindistonda avj olgan ommaviy milliy – ozodlik harakatini shafqatsiz repressiyalar tufayli bostirishga muvaffaq bo’lindi. Shu bilan birga mustamlakachi hukmdorlar milliy harakatni bo;lib yuborish maqsadida nayranglar ishlata boshladi.

1931 yilda Londonda “doira stoli” konferesiyasi ochildi va bunda Angliya vakillari kastalar va diniy guruhlar (hindparastlar va musulmonlar) o’rtasiga nifoq solishga urunishdi.

“Doira stoli” ishining to’liq befoyda ekanligiga ishonch hosil qilga Gandi Hindistonga qaytdi va 1931 yil dekabrida ikkinchi fuqarolar bo’ysunmasligi komponiyasini boshladi, gandi va Kongress sessiyasining barcha qatnashchilari yana qamoqqa olindilar.

Hindistonning ko’plab shaharlari va provinsiyalarida yana namoishlar, fuqarolar bo’ysunmasligi kompaniyalar, norozilik mitinglari va ish tashlashlar avj oldi.

Kuchli dehqonlar g’alayonlari ilgari bu kuchsiz bo’lgan joylarda g’oyatda tug’yonli o’tdi. Dehqonlar uyushmalari va ishchi – dehqon partiyalari tuzila boshlandi. Harakatga Kahsmir ham qo’shildi.

Administrator
Sayt administratori
Ko‘chirib olishni xohlasangiz, saytga a’zo bo‘ling yoki foydalanuvchi nomi ostida kiring.

Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan