SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829
1929-193- yillarda Fransiya

O’zbekiston Respublikasi Хalq talim vazirligi

Respublika bolalar kutubхonasi

Fan: Tariх

 1929-1939-YILLARDA FRANSIYA

            30-yillar boshida mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz. Fransiyada jahon iqtisodiy inqirozi o'ta og'ir shaklda kechdi. Sanoat mahsulotlari hajmi va milliy daromad 1934- yilda 30% ga kamaydi; bir nechta yirik banklar kasodga uchradi, ko'plab yirik zavod va fabrikalar yopildi. Inqiroz ayniqsa to'qirnachilik sanoatiga qattiq ta'sir qildi. 1934- yilda ip-gazlama fabrikalari inqirozdan avval ishlab chiqargan yalpi mahsulotning atigi 35% ini berdilar, 1935-yilda esa 135 ta ip-gazlama fabrikalari yopildi.

            Qishloq xo'jaligidagi inqiroz vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Dehqonlarning daromadlari ikki baravarga kamaydi, qarzdorlik1ari esa o'sdi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotib olmay qo'ydilar, fransuz vinolari va mevalarining eksporti tushib ketdi. Ko'plab dehqon xo'jalik1ari Isotildi, qishloq mehnatkashlari esa shaharlarga inti1dilar va bu yerdagi ishsiz, boshpanasiz va ochlarning satlarini to'ldirdilar.

            Inqiroz mamlakatdagi barcha mehnatkash sinflarning moddiy ahvolida aks etdi. Ishsiz1ar soni 1,5 mln. kishiga yetdi, to'liq ish haftasida band etilmaganlar Soni bundan ham ko'paydi. Shu bilan birga, ish kuni rasman 10-12 soatgacha uzaytirildi, maosh rniqdori esa oldingiga nisbatan 40% gacha kamaytirildi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxining, soliqlar rniqdorining oshishi fransuz xalqining turmush sharoitini yanada qiyinlashtirdi. Inqiroz mamlakatdagi siyosiy beqarorlikni kuchaytirdi va hukumatdagi guruhlar o'rtasidagi kurashning avj olishiga olib keldi. Faqat 1937- yildagina Fransiya sanoati va tashqi savdq,si inqirozdan oldingi darajaga qaytdi, biroq 1938-yi1da yangi tanazzul bosh1andi va u deyarli Ikkinchi jahon urushi bosh1angunga qadar davom etdi. Fransiya iqtisodiy rivojlanishning normal o'zaniga qaytib tusha olmadi.

            Inqirozdan shahar aho1isining o'rta tabaqalari jiddiy jabr ko'rgani Fransiya uchun muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Ma'lumki, bu tabaqalar saylovlarning natijalari va ommaviy harakatlarga jiddiy ta'sir ko'rsatadi1ar. Mayda shahar burjuaziyasining daromadlari 1929-yildan 1934-yilgacha bo'lgan vaqt davomida 30% tushib ketdi. 100 mingdan ortiq mayda savdogar, mayda va o'rta korxonalar, do'konlar, qahvaxona-larning egalari kasodga uchradi1ar.

            Inqirozdan chiqish yo'llarini izlash. Banklar va ayrim  yirik korxonalarning kasodga uchrashi o’n ming1ab pul qo'yuvchilar va hissadorlarni xonavayron qi1di. Fransiyadagi siyosiyvaziyat keskin o'zgardi, keng ommaning norozi1igi kuchaydi. Bu, jum1adan, fransuz burjuaziyasining an'anaviy yirik partiyalari obro'sining tushishida aks etdi. Ma'lumki, mo1iyaviy o1igarxiya va yirik sanoat monopo1iyalarining manfaat1arini himoya qi1uvchi bu partiyalar Fransiyada hukumat tepasiga 1926-yi1da kelgan edilar, 1929-yil noyabrdan 1932-yi1 maygacha mam1akatda 8 hukumat almashdi.

            Inqiroz va mehnatkash ommaning o'sib borayotgan noroziligi burjuaziya mafkurasi va siyosatida o'zgarish1ar yasadi. Burjuaziyaning bir qismi davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvini kuchaytirish zarur, degan xulosaga keldi, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishini yoqlab chiqdi, davlatning iqtisodiyotni rejalashtirish va nazorat qi1ish idoralarini tuzishni tak1if qi1di. Ular mehnatkash ommani bu vazifaning bajarishiga jalb qilish maqsadida ijtimoiy sug'urta tizimini kengaytirish, ishsiz1ik bo'yicha nafaqalar miqdorini oshirish va mehnat sharoitlarini yahshilash tak1iflari bi1an chiqdi1ar. Bu burjuaziya vakillarining qarash1in iqtisodiyotning davlat tomonidan reja1ashtirilishi va ijtimoiy sug'urta tizirnining kengaytirilishi tarafdori bo'lgan Fransiya sotsia1istlarining dasturiga qisman mos kelardi.

            Fransiya sotsia1istlari bank1arni davlat tasarrufiga o'tkazish va ular ustidan davlat nazoratini o'rnatish, xalq xo'ja1igini rivojlantirish rejalarini tuzish, narx-navo va maosh miqdorlarini belgilash huquqiga ega markaziy boshqaruv idorasini tashkil etishni taklif qildilar . Shuningdek, ish kunini qisqartirish va mehnatkashlar uchun haq to'lanuvcIiita'tillarnijoriy etish ham taklif qilindi. Bu burjua doiralari siyosiy arboblarining liberal islohotlar dasturi bilan mos keluvchi dastur bo'lib, ular birgalikda Fransiyaning 30-yillar siyosiy hayotidagi nufuzli liberal yo'nalishning asosini tashkil qildilar.

            Burjua islohotchi1arining yana bir guruhi demokratik erkinliklarni cheklash va «kuchli hokimiyat»ni q&.-J:Or topdirish maqsadida konstitusiyaning qayta ko'rilishini talab qildilar. Sobiq bosh vazir Tarde parlament huqularini cheklash va prezident vakolatlarini kengaytirish tavsiya qildi. Bu burjuaziyaning o'z imtiyozlari va daromadlarini kuchli markazlashgan hokimiyat yaratish yo'li bilan saqlab qolishga uringan konservativ guruhi edi. Ikkala yo'nalish vakillari liberallarning ham, konservatorlarning ham maqsadlari bir - mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tartibni saqlab qolish bo'lib, faqat bunga erishish yo'llarigina boshqa edi.

            1932-yil mayidagi saylovlar Fransiyaning inqirozning ikki yili davomida so'lga qarab burilganini ko'rsatdi. Saylovlar sotsialistlar va radikal-sotsialistlar blokiga g'alaba keltirdi. Yangi hukumatni yana Eduard Errio boshqardii. Deputatlar palatasidagi 594 o'rindan 386 tasini so'l blok vakillari olib, o'z dasturlarini amalga oshirish imkoniyiitini qo'lga kiritdilar. Biroq, ular bu imkoniyatni boy berdilar. O'ng doiralar so'l hukumatga qarshi kuchli hujumni avj oldirdilar va bu hukumatning normal faoliyat ko'rsatishiga imkon bermadi. E. Errio hukumati bor-yo'g'i 6 oy ishlab, iste'fo berishga majbur bo'ldi. 1932-yil dekabridan 1934-yil yanvariga qadar Fransiyada so'llaming 5 hukumati almashdi va ularning har biri uch oydan oz hukm surdi. Ularning eng so'nggisi Eduard Dalade (1884-1970) hukumati bo'ldi.

Tarixiy ma'lumot

Fransiya

1913-1920-yillar- R. Puankare

1920-yil fevral, sentabr -R. Denashel ,

1920-1924-yillar -A. Mileran ,

1924-1931-yillar- G. Dumerg

1931-1932-yillar- P. Dumer

1932-1940, 1940-1947-yillar -A. Lebren

            Fashistlarning hokimiyatni egallashga urinishi. Gitlerning hokimiyatga ke1ganidan ruh1angan Fransiya yirik mo1iya va sanoat sarmoyasining o'ng doira1ari Fransiyada ham fashist1ar diktaturasini o'matishga urindilar. Reaksion doira1ar mamlakatni fashist1ar to'ntarishiga va hokimiyatni fasmst1ar egallashiga ruhan tayyor1ash maqsadida ommaviy targ'ibotni avj oldirdilar. Bir vaqtning o'zida buyruq beri1gani zahoti hokimiyat uchun kurashni bosh1ashga tayyor ko'p son1i fashist1ar tashkilot1ari tashkil qilindi. 1933-yil oxirida fashist1arning tashkilot1ari -«Stavisskiy ishi» bi1an bog'1iq janja1ni va buning oqibatida hukumatda yuzaga ke1gan inqirozni bahona qilib hokimiyatni ega11ashga ochiq-oydin tayyor1ana bosh1adilar. 1934-yil 6-fevra1da hukumat inqirozi siyosiy inqirozga o'sib o'tganidan so'ng, Parijda fashistlar isyoni bosh1andi. Bir necha o'n ming qurollangan fashist1ar ko'cha1arga chiqdilar va Burbon1ar saroyi, par1ament binosiga yorib o'tishga urindilar. Hukumatning beparvo1igidan foydalanib, fashistlar pochta, telegraf, vokzallar va Yelisey dalasidagi Murosa maydoniga hujum qila bosh1adilar .

            Hukumatning fao1iyatsizligini ko'rib, Fransiya poytaxtining turli tumanlarida yuz ming1ab ishchilar ko'cha1arga chiqdilar. Germaniya fojiasining Fransiyada takror1anishini istamagan odam1arning barchasi oyoqqa turdi. Bunday ommaviy namoyish1ar mam1akatning Marse1, Lion, Ruan, Nant, Narisi va boshqa shahar1arida bo'lib o'tdi.

            Mam1akat mehnatkash1ari Fransiya tarixidagi eng muhim g'a1abani qo'lga kiritdi1ar. Fashist1ar millat demokratik kuch1ari fronti oldida chekinishga majbur bo'ldilar. Biroq kurash shu bilan tugamadi. Reaksion va konservativ kuch1ar hokimiyatni xuddi Germaniyadagi singari siyosiy nayrang1ar yo'li bi1an egallashga qaror qi1dilar. 1934-yi1 7-fevra1da E. Da1adye o'ziga ishonch bildiri1ganiga qaramay iste'fo berdi. Bosh vazir qilib fashizmning ochiq tarafdori bo'lgan Gaston Dumerg (1863-1937) tayin1andi.

            So'l kuchlarning fashizmga qarshi kurashga birlashishi. Fransiya mehnatkash1ari fashist1ar to'ntarishi mualliflari rejasini barbod qildilar. Hokimiyat tepasiga Dumerg ke1gani to'g'risidagi xabar tarqa1gani hamon yana isyonchi va ishchilar o'rtasida ashaddiy jang1ar bosh1andi. Butun Parijda, har bir tumanda, Fransiyaning hamma yerida ishchilar fashist1ami hokimiyatga qo'ymas1ik shashti bilan yondilar. Mam1akatda demokratiya va Fransiya ozod1igi uchun kurashuvchilarning umumiy fronti vujudga ke1a bosh1adi.

            Namoyish1ar taqiq1anganiga qaramay, 9-fevra1 kechqurun 50 ming parij1ik fashist1arga qarshi namoyishga chiqdi. Shaharda po1itsiya va ishchilar o'rtasida haqiqiy ko'cha jang1ari avj oldi. Parij kasa1xona1ari yarador1ar bilan to'1ib-toshdi. Ishchilar hukumat fashist1ar tomonida ekaniga ishonch hosil qildilar, zero, uning buyrug'iga ko'ra po1itsiya va qo'shin1ar de Lya Rok banda1ariga qarshi emas, Parij mehnatkash1ariga qarshi chiqdilar.

            12-fevra1da butun Fransiyada umumiy ish tash1ash bosh1andi. Unda 4,5 m1n. kishi qatnashdi. Shu kuni Fransiyada fashist1arga tarafdor reaksion kuch1ar tomonidan tayyor1angan dav1at to'ntarishi barbod bo'1gani oydin1ashdi. Fashizm Fransiyada o'tmadi.

            Fevra1 voqea1ari so'l kuch1arning fashizm qarshi kurashga, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun birIashishlariga kuchli turtki berdi.

            Xalq frontining dasturi. 1936-yi1 yanvarida Xalq frontining dasturi e'lon qilindi. Uni ish1ab chiqishda mamlakat demokratik kuch1arining vakillari ishtirok etdi1ar. Dastur fashistlarga qarshi demokratik xususiyatga ega edi. Barcha fashistIarning tashki1otlarini qurolsizlantirish va tarqatish taIabidan tashqari, u keng xaIq ommasining ahvolini yaxshi1ash ish haftasini qisqartirish, ishsizlarga yordam ko'rsatish milliy jamg'armasini tashki1 qi1ish, qish1oq xo'ja1igi mahsuIotIariga qat'iy narxlarni belgi1ashni ko'zda tutuvchi dasturni ham ilgari surardi.

            1936-yi1 bahorida Fransiyaqa deputatlar palatasiga saylovlar bo'lib o'tdi. Xalq fronti partiyalari birgalikda, umumiy dastur asosida ishtirok etdilar. Saylovlarda Xalq fronti umumiy hisobda 57% ovoz to'plab, g'olib chiqdi.

            Xalq fronti hukumati Sotsia1istik partiya yetakchisi Leon Blyum (1872-1950) rahbarligida Fransiyada inqirozning yangi bosqichi bosh1anayotgan bir paytda ish bosh1adi. Shunga qaramay, u o'z dasturini amalga oshirish va bergan va' dalarini bajarish borasida juda katta ish1arni amaIga oshirdi. 1936-yi1 yozi davomida parlament XaIq fronti dasturiga mos keIuvchi 100 dan ortiq qonun1arni qabul qi1di. Fashistlarning tashki1otlari taqiqlandi. O'z va'dalariga muvofiq, hukumat parlament orqali uchta qonunni o'tkazdi: 40 soatIik ish haftasi to'g'risidagi qonun, ikki hafta1ik haq to'lanuvchi ta'tillar to'g'risidagi qonun va jamoaviy shartnomaIar to'g'risidagi qonun. Xizmatchilarning maoshlari va nafaqalar oshirildi. Ishsizlik bo'yicha nafaqaga sol iq solinishiga barham beri1di. IshsizIar uchun jamoat ish1ari tashki1 qi1ina bosh1andi.

            Aholining o'rta tabaqalari ahvoli ham yaxshilandi. Hukumat sanoat, savdo va qish1oq xo'jaligi sohasidagi korxonalarning qarz to'lash muhlatlarini kechiktirdi va bu bi1an ming1ab mayda ish1ab chiqaruvchi1arni kasodga uchrashdan asrab qoIdi. Mayda korxonaIardan olinuvchi soliqIar miqdori kamaytirildi, yirik korxonaIardan olinuvchi soliqIar esa oshiri1di. Fransiya banki va qator harbiy zavodlar davlat tasarrufiga o'tdi. 1937-yi1da Temir yo'llar milliy jamiyati tuzilib, uning qo'l ostiga mamlakatdagi barcha temir yo'llar o'tkazi1di. Yevropaning boshqa mamlakatlarida bo'lgani kabi, Fransiyada ham iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish joriy qilina boshlandi.

            Xalq fronti hukumati o'z qonunlarini amalga tatbiq etishda juda katta qiyinchiliklarga to'qnash keldi. Davlatda pul yo'q, demakki, tadbirkorlarni qabul qilingan qonunlarni bajarishga majbur qilish uchun mablag' ham yo'q edi. Hukumat nisbatan yengil yo'lni tanladi -u Fransiya valyutasi bo'lgan frankni fransuz xalqining barcha ijtimoiy yutuqlarini yo'qqa chiqargan holda 30% ga devalvatsiya qildi. 1937-yil fevralida L. Blyum mamlakatning og'ir moddiy ahvolini bahona qilib, Xalq fronti dasturini bajarishda tanaffus e'lon qilish tak1ifini kiritdi. U kuch to'plab, so'ng yutuqlarni mustahkamlash uchun «nafas rostlash» lozimligini uqtirdi. Bu aholining noroziligiga sabab bo'ldi. 1937-yil iyunida Blyum iste'fo berdi.

            Xalq frontining parchalanishi. Reaksion kuchlar Xalq fronti hukumatiga qarshi ochiq faoliyatini xalqqa qarshi yo'naltirishga urindilar. Ular davlatning ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlarini qisqar- tirishga erishdilar, hukumatning moddiy ahvolini og'irlashtirishga qarati1gan qator tadbirlarni amalga oshirdilar. Hukumat tamaki mahsulotlari, gugurt, spirtli ichimlik1ar, pochta-telegraf va temir,yo'l tashuvlariga yangi soliqlar belgilashga majbur bo'ldi. Xalq frontining yangi hukumati Shotan hukumati yangi devalvatsiyani amalga oshirdi. Ikki devalvatsiya natijasida Fransiyada yashashning qiymati 1936-yil maydan 1937-yil dekabrgacha 40% ga qimmatlashdi.

            Xa1q fronti obro'siz1andi. Uning saflarida parchalanish yuz berdi. Eduard Daladye boshchiligidagi guruh Xalq fronti partiyalari bilan orani uzish va o'ng reaksion partiyalarga tayangan holda bir partiyali hukumatini tuzishni talab qildi. Eduard Errio boshchiligidagi ikkinchi guruh esa Xalq fronti dasturiga sodiq qoldi. Radikal-sotsialistlarning 1938-yil oktabrida Marselda bo'lib o'tgan syezdida Xalq frontidan ajralish to'g'risida qaror qabul qilindi. Fransiyaning xalq fronti parchalandi.

            "Milliy hiyonat"hukumatining hokimiyatga kelishi. Xalq frontining parchalanishi reaksion kuchlarga yo'l ochdi 1938-yil 10-apreldan 1940-yil 18-maygacha hokimiyatni boshqargan E. Daladye hukumati davridayoq Fransiya mehnatkashlari uchun Xalq fronti hukumati joriy qilgan imtiyozlarga barham berila boshlandi. Barcha mahsulot va xizmat turlariga soliqlar oshirildi. Tadbirkorlar oz miqdorda haq to'lagan holda xizmat vaqtidan tashqari ishlarni joriy qilish huquqini qo'lga kiritdilar. Ish haftasi 5 kundan 6 kunga uzaytirildi. Ijtimoiy himoya xarajatlari qisqardi. Mayda korxonalarga solinuvchi soliqlar miqdori 13 baravar oshirildi, yirik korxonalarga solinuvchi soliqlar esa kamaytirildi.

            Mamlakat mehnatkashlari bunga ommaviy namoyishlar bilan javob berdilar. 1938-yil 30-noyabrda Fransiyada umumiy ish tashlash boshlandi. Hukumat qo'shinlarni safarbar qildi, askarlarga jangovar o'qlar tarqati1di. Hukumat va tadbirkorlar birgalikdagi harakatlari bilan ish tashlovchilardan shafqatsiz o'ch oldilar. Ko'plab zavodlar yopildi, 1,5 mln. kishi ishdan bo'shati1di, minglab ishchilar qamoqqa o1indilar .

            E. Daladye hukumati «milliy xiyonat» hukumatiga aylandi. Ostonada esa dushman -birinchi imkoniyat tug'ilgandayoq Fransiyani bosib olish niyatini hech kimdan yashirmagan fashistlar Germaniyasi turardi.

            Fransiyaning tashqi siyosati (1932-1939). Xiyonat, xo'rlanish va mag'lubiyatlar yo'li Fransiya tashqi siyosatini bu davrda Frnasiya yirik sarmoyasl bilan yaqin aloqada bo'lgan, reaksion va fashistlarga tarafdor qarashlarini hech kimdan yashirmagan davlat va siyosat arboblari belgiladilar. Bular 1931-yil yanvardan 1932-yil fevralgacha, 1935-yil iyundan 1936-yil yanvargacha Fransiya Bosh vaziri bo'lgan P. Laval, 1934-yil oktabrdan 1936-yil yanvargacha tashqi ish1ar vaziri lavozimida ish1agan P. Tardye, E. Daladye, J. Bone, A. Sarro va boshqalar edilar. Fransiyaning Yevropada gegemonligi qaror topishiga ishonchi yo'qolgan bu davlat va siyosat arboblari Germaniya va Italiya fashistlari bilan ti1 biriktirish yo'liga tushdilar, shu tax1it ular bilan to'qnashishdan qutulib qolishga umid qildilar. Ular mudofaaga asoslangan urush g'oyasini ilgari surdilar.

            Germaniyada fashistlarning hokimiyatga kelishi, 1934-yil fevral voqealari va Xalq frontining 1936-yildagi muvaffaqiyatlari reaksion qarash1arni yanada mustahkamladi va fashistlarni faol harakatlar bosh1ashga da'vat etdi. Ularning mi11atga qarshi qarash1ari davlatning rasmiy siyosati darajasiga ko'tarildi. Fransiya tashqi siyosatining asosiy konsepsiyasi Gitler bilan Sovet Ittifoqiga qarshi ti1 biriktirishdan iborat bo'ldi. Gitler ekspansiyasi fao11igini Sharqqa yo'naltirish Fransiya diplomatiyasining bosh maqsadiga aylandi. 1940-yilda Fransiya bu siyosati uchun harbiy mag'lubiyat. va mil1iy mustaqillikni boy berish bilan haq to'ladi.

            Fransiya hukmfon doira1arining bir qismi fashistlar Germaniyasini Fransiyadagi mavjud tuzumni saqlab qolishning kafolati deb hisobladilar. Bunday siyosatchilarni kollaboratsionistlar deb nomladilar, ular Gitlerning tashqi siyosatini amalga oshirishi uchun yo'l ochib berdilar.

            Kollaboratsionistlar (fransuzcha collaborationhamkorlik) -Ikkinchi jahon urushi davrida fashist bosqinchilari bilan hamkorlik qilgan shaxslar .

            To'rtlar bitimi va uning maqsadlari. 1933-yil iyunida Fransiya diplomatiyasi fashistlar bilan kelishuvga bordi. 1933-yil 7-iyunda Angliya, Fransiya, Italiya va Germaniya o'rtasida «To'rtlar bitimi» imzolandi. U kuchga kirmadi, biroq Fransiya tashqi siyosatining mohiyatini ochiq ko'rsatdi. 1934-yi1 oktabrida Fransiya bosh vazir1igiga P. Lava1 tayin1andi. U ikki yoqlama o'yin o1ib bordi, ya'ni fashistlarning davlatlari e'tiborini jalb qilish maqsadida o'zini go'yoki Sovet Ittifoqi bi1an yaqin1ashmoqchidek qi1ib ko'rsatdi. 1935-yi1 2-mayda o'zaro yordam to'g'risidagi sovet-fransuz bitimi imzolandi. Biroq, u faqat 1936-yil yanvaridagina tasdiqlandi. Unga qadar Fransiya diplomatlari «Fransiyaning Germaniya bi1an to'la va uzi1-kesi1 ke1ishishi uchun zarur bo'lsa» sovet-fransuz bitirnidan voz kechishga tayyorlik1arini aytib, Germaniya bi1an ti1 topishga rosa urindi1ar. Gitler rad javobi berdi.

            1936-yi1 martida Gitler qo'shin1ari harbiysizlashtiri1gan Reyn hlJdudiga kirdi. Bu bi1an Gitler Fransiyani ochiq-oydin maydonga chaqirdi. Versa1 bitimining 42- va 43-moddalari buzi1ganiga qaramay, Fransiya chekindi, fashistlar Germaniyasining birinchi tajovuzkor harakatiga hech qanday qarshi1ik ko'rsatmadi. Kollaboratsionistlar Gitler tuzumiga qarshi zarba mehnatkash ommani inqi1obga ruhlantiradi, vatanparvarlik tuyg'ularini oshirib, fashizmga qarshi kurashning kuchayishiga olib keladi, deb qo'rqdi1ar.

            1936-yi1 iyu1ida Gitler Avstriyani ham bosib oldi. Fransiya o'zining so'nggi ittifoqchisidan ayri1di. 1936-yil 27-aprelda Belgiya o'zini betaraf deb e'lon qi1di, ya'ni Fransiyaning sharqiy chegaralarini qo'riqlovchi Reyn bitimining kafolatchisi bo'1ishdan bosh tortdi.

            Myunxen bitimining ratifikatsiya qilinishi. Reyn voqealaridan ko'p o'tmay, 1936-yi1 iyu1ida, Ispaniyada fuqarolar urushi boshlanib, Germaniya va Italiya fashistlari isyonchi1arga ochiq-oydin yordam bera boshlaganlaridan so'ng, Fransiya Ispaniya ishlariga o'zining aralashmas1igini e'lon qildi va Ispaniya respub1ikachi1ariga qurol-yarog' sotishni man etdi. Fransiya hukumati Gitlerning malayiga aylandi. 1938-yi1da Gitler yangi qurbon - Chexoslovakiyani talab qi1di. Fransiya Bosh vaziri E. Daladye Chexoslovakiya hukumatining fikrini surishtirmay Sudetni Germaniyaga berishga rozi1ik bi1dirdi.

            1938-yi1 4-oktabrda Fransiya Milliy Majlisi sharmandali Myunxen bitimini ratifikatsiya qildi va bu mamlakatning fashistlar Germaniyasi bi1an ti1 biriktirish yo'liga ochiq-oydin tushganini tasdiqladi.

            Myunxen bitimi ratif1katsiya qilingach, Fransiya kollaboratsionistlari nihoyat yengil tin oldilar. Ular Gitlerga Sharq tomon yo'l ochdilar. Endi Germaniyadan «ke1ishuv» to'g'risida so'rash mumkin edi. Germaniya rozi bo'ldi va Myunxen bitimidan ikki oy o'tib, 1938-yil 6-dekabrda Parijda Fransiya tashqi ish1ar vaziri J. Bone va Germaniya tashqi ish1ar vaziri I. Ribbentrop o'zaro hujum qilmas1ik to'g'risidagi bitimdan umuman farq qilmagan qo'shma deklaratsiyani imzoladilar.

 

Administrator
Sayt administratori
Ko‘chirib olishni xohlasangiz, saytga a’zo bo‘ling yoki foydalanuvchi nomi ostida kiring.

Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan