SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
MA'RIFATPARVAR INSON

Qadrli kitobxon, siz ustoz Ozod Sharafiddinovning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga maktubi xamda unga bag’ishlangan boshqa asarlarini bilasiz, o’qigansiz. Xalqimiz ma'naviyatining jonkuyari ularda dil so’zlarini bitar ekan, Yurtboshimizning o’ziga xos timsolini yaratishga ham urinadilar. Quyidagi maktubda, jumladan, shunday satrlar bor: «Afsuski, qisqa maktubda Sizning hamma fazilatlaringizni aytmay iloj yo’qsiz bag’ri keng, sersaxovat bo’lishingiz bilan birga juda dovyurak, juda matonatli inson ham ekansiz. Axir, qaysi Prezident o’ziga suyqasd qilingan joyga yarim soat o’tmay yetib borib, o’sha yerdagi ahvolni tahlil qila oladi yoxud o’sha kunning o’zida majlis o’tkaza oladi?..» O’z navbatida Yurtboshimizning Ozod Sharafiddinovga munosabatlari alohida e'tibor va diqqatga molik. Mana, ustoz hayotlik chog’larida uning Ozod domla to’g’risida yozganlaridan bir shingil: «...Ozod Sharafiddinov hayotda ham, ijodda ham o’zining xaqhoniy so’zi, iroda va matonati bilan yurtdoshlarimizga, avvalambor, yoshlarimizga ibrat bo’layotgan, tom ma'nodagi ma'rifatparvar insondir.» Islom KARIMOV, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2002 yil Ustoz vafotidan so’ng esa, Prezidentimizning 2008 yilda «Ma'naviyat» nashriyoti tomonidan 50 ming nusxada chop etilib, xalqimiz ruhiy olami qanday bo’lgan va qanday bo’lishi kerakligi to’g’risida mushohada yuritishga chorlagan «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» nomli kitobida ham ustoz Ozod Sharafiddinov haqida shunday ibratli satrlar bor: «Men bilgan va hurmat qiladigan ma'naviy jasorat sohiblaridan yana biri atoqli olim va jamoat arbobi Ozod Sharafiddinov edi. Bu ajoyib insonning nomini ko’pdan buyon eshitib yurgan bo’lsam-da, men u kishi bilan istiqlol yillarida yaqindan tanishdim. Uning faqatgina ilmiy-pedagogik faoliyat bilan cheklanib qolmasdan, ijtimoiy-ma'naviy sohada ham beqiyos faollik ko’rsatgani olimga bo’lgan hurmatimni ziyoda qildi. Ko’plab yurtdoshlarimiz qatorida men ham, ayniqsa, Ozod akaning irodasi qanday baquvvat ekaniga, uning qalb jasoratiga qoyil qolganman. 1997 yilning yoz oylarida qand kasalligi zo’rayib, domla og’ir operatsiyani boshidan o’tkazadi. Vrachlar uning hayotini saqlab qolish uchun bir oyog’ini kesishga majbur bo’ladi. Ammo bu odam shunchalik matonatli ekanki, shunda xam tushkunlikka tushmadi, ilmiy va ijodiy faoliyatdan bir zum bo’lsin to’xtamadi... Keyinchalik kasallik yanada kuchayib, Ozod aka ikkinchi oyog’idan ham judo bo’ldi. Bu ham yetmagandek, ko’rish quvvati ham nihoyatda zaiflashib qoladi. Domlaning hayotini saqlab qolish, sog’ligini tiklash uchun barchamiz ko’p sa'y-harakat qildik, xatto xorijdan ham shifokorlar taklif etdik.Ana shunday og’ir sharoitda ham bu inson «Jahon adabiyoti» jurnalining bosh muharriri sifatida o’z burchiga, e'tiqodiga sodiq qolib, lupa yordamida jurnal materiallarini tahrir qilib borish bilan birga, qirqdan ortiq yirik roman va qissalarni o’zbek tiliga tarjima qilgani, albatta, har qanday odamni hayratga solishi tabiiy. Ozod aka bu bilan ham kifoyalanmasdan, respublikamizdagi matbuot nashrlarida, radio-televideniyada, turli tadbir va anjumanlarda milliy ma'naviyatimizning o’ziga xos jihatlari, buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi, mustaqillikning ma'naviy asoslarini mustahkamlash haqida ko’plab chiqishlar qildi. Unga yaqin salmoqli kitoblar yozdi. Hayotining aksariyat qismi shifokorlar nazoratida, og’ir, tinkani quritadigan muolajalar ostida o’tadigan odamning shunday ulkan jasorat ko’rsatib yashagani, ehtimol, kimgadir afsona bo’lib tuyulishi mumkin. Lekin bu kishining sog’lig’i va kayfiyatidan doimo xabardor bo’lib, bu yo’lda qo’lidan kelgan yordamni ayamagan barcha insonlar buning afsona emas, xaqiqat ekanini, bizning oramizda butun borlig’ini ma'naviyat va ma'rifatga bag’ishlagan ana shunday mard, jasur bir shaxs yashab o’tganini yaxshi biladi. Ozod Sharafiddinov mamlakatimizning ma'naviy yuksalishi yo’lidagi buyuk xizmatlari uchun haqli ravishda davlatimizning oliy mukofoti - «O’zbekiston Qahramoni» unvoniga sazovor bo’lganini xalqimiz, jamoatchiligimiz yaxshi biladi, albatta. O’ylaymanki, o’zini o’zbek xalqining farzandi degan har qaysi inson ana shunday fidoyi yurtdoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanadi, unib-o’sib kelayoggan bolalari, shogirdlariga ma'naviy jasorat timsoli sifatida aynan mana shunday odamlarni namuna qilib ko’rsatadi, va hech shubhasiz, umr bo’yi el-yurt manfaati, Vatan istiqboli uchun kurashib yashaydigan shunday qahramon farzandlari bor xalq hech qachon kam bo’lmaydi».

 

Ozod Sharafqddinov
Bu ulug' insonning qoldirgan merosi, xalqimizni, millatimizni ma'naviy etuklikka olib borish yo'lida chekkan zahmatlari avlodlar tomonidan hamisha e'zozlanishi aniq.Ozod Sharafqddinov deganda, avvalambor, ko'z oldimizga xudo bergan iste'dod sohibi keladi. Ozod aka mana shu betakror qobiliyatini aniq tarixiy maqsadlarga yo'naltira oldi.
Ko‘chirib olishni xohlasangiz, saytga a’zo bo‘ling yoki foydalanuvchi nomi ostida kiring.

Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan