
1740-
yilda Eron qo’shinlari Nodirshoh boshchiligida Buxoroga qarshi yana hujum
boshladi. Buxoro va Xiva xonlari umumiy yo’qotishi dushmanga qarshi kurashish
uchun birlasha olmadilar.Bu ham yetmaganidek, Buxoroning o’zida xoinlik yuz
berdi. Xonlikda yetakchi mavqega ega bo’lib olish niyatidan qaytmagan Qarshi hukmdori
Muhammad Hakimbiy Nodirshoh tomoniga o’tib ketdi. Abulfayzxon Eron bosqiniga
qarshi kurashni uyushtira olmadi va taslim bo’ldi. Nodirshoh Buxoro xonligining taslim bo’lish
shartlarini Muhammad Hakimbiy orqali Abulfayzxonga jo’natdi.Taslim bo’lish haqidagi
shartnomani imzolash uchun Abulfayzxon Zarafshon daryosining bo’yidagi Chorbakr
qo’rig’iga — Nodirshoh huzuriga borishga majbur bo’ldi. Shartnomaga ko’ra,
Nodirshoh qo’shinlari uchun 8 yilga yetadigan 200 ming xarbor bug’doy va arpa
to’plab beradi. Bundan tashqari, Buxoro xonligi aholisidan 10 ming nafarli
qo’shin to’planib Nodirshoh ixtiyoriga jo’natiladi. Bu qo’shinga Muhammad
Hakimbiyning o’g’li Muhammad Rahim qo’mondon etib tayinlandi.
Shu
tariqa Buxoro Eronga qaram davlatga aylandi.
Abulfayzxon
amalda qo’g’irchoq hukmdorga aylanib qoldi. Muhammad Hakimbiy esa qb’shbegi
lavozimini egalladi. Butun hokimiyat amalda uning qoiida to’plandi. Endi
ashtarxoniylar hukmronligining barham topishi muqarrar bo’lib qoldi.
Muhammad Rahimbiy
Buxoroda
ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davrida o’zbek qabilalaridan mang’itlar va
qo’ng’irotlarning nufuzi baland edi. Bu ikki qabila haqiqiy hokimiyat
ashtarxoniylar qo’lida bo’lib turgan davrlarda ularga sadoqat bilan xizmat
qilgan edilar. Biroq, keyinchalik, Buxoroda mang’itlar alohida nufuzga ega
bo’lish uchun astoydil kurashdilar. Muhammad Hakimbiy davrida bu maqsadga
erishdilar. Muhammad Hakimbiy 1743- yilda vafot etgan edi. Uning o’g’li
Muhammad Rahimbiy o’zining muntazam qo’shinga egaligidan foydalanib, hokimiyatda
otasi kabi alohida mavqe uchun da’vogarlik qilaboshladi. So’nggi ashtarxoniy
Abulfayzxon unga Bosh vazirlik lavozimini berishga majbur bo’ldi va
oxir-oqibatda markaziy hokimiyat uning qo’hda to’plandi. Nodirshoh 1747- yilda
o’ldirilganidan so’ng Eronda boshlangan ichki kurashlar Muhammad Rahimbiyning
Buxoro taxtini egallashiga yo’l ochib berdi. Uning buyrug’i bilan Abulfayzxon
ham 1747- yili o’ldirildi.Muhammad Rahimbiy taxtga Abulfayzning o’g’li
Abdulmo’minni o’tqazdi va uni o’ziga kuyov qilib oldi. Ko’p o’tmay Muhammad
Rahimbiy kuyovi Abdulmo’minni ham qatl ettirdi. Tez orada Muhammad Rahimbiy
Buxoro aslzodalari va ruhoniylarining qo’llab-quvvatlashi bilan 1756- yilda
o’zini xon deb e’lon qildi. Biroq mang’itlar chingiziylar nasliga mansub bo’lmaganligi
uchun undan keyingi mang’it hukmdorlari o’zlarini xon deb emas, amir deb
ataganlar. Ular Buxoro mintaqasining diniy hukmdori — amir ul-mo‘minin
hisoblanganlar. Shunday qilib, 1756- yili Buxoroda hokimiyat tepasiga yangi
sulola — mang’itlar sulolasi keldi va davlatni 1920- yilgacha idora qildi.
Shundan boshlab Buxoro xonligi endilikda Buxoro amirligi deb ataladigan bo’ldi.
Mang’itlar 92 o’zbek qabilasining biri edi.
Mang’it
hukmdori Muhammad Rahimxon (1756—1758) mamlakatda o’zining mutlaq hukmdorligini
o’rnatish hamda ichki boshboshdoqlikni tugatish siyosatini tutdi. Bunday
siyosatdan ko’zlangan maqsad — markazlashgan davlatni tiklash edi. Muhammad
Rahimxon bu siyosatni ro’yobga chiqarishga qat’iy kirishdi. U barcha mahalliy
hukmdorlarni o’z huzuriga chorlab, ularga o’zining asl maqsadini, o’z boshqaruv
dasturini ma’lum qildi. Lekin davom etayotgan ichki nizolar, urushlar
mamlakatni xonavayron qilayotganligi, xo’jalik, savdo-sotiq ishlarining izdan
chiqayotganligi, agar bu jarayonlar bundan buyon ham davom etiladigan bo’lsa,
davlat halokati muqarrar ekanligini alohida ta’kidladi. Qaysi mahalliy hukmdor
markaziy hokimiyatga bo’ysunmasa, undaylar ayovsiz jazoga tortilishini
ogohlantirdi. Muhammad Rahimxon mustaqillikni da’vo etib yurgan Miyonqol,
Nurota, Qo’bodiyon, Boysun, Shahrisabz hamda Urgut bekliklarini to’rt yil
davomida o’ziga bo’ysundirdi. Ayni paytda u bo’ysunishni ustamagan, markaziy
hokimiyatga bo’ysunmaslikka urinayotgan qabilalarni turgan joyidan ko’chirtirib
yuborish siyosatini tutdi. Masalan, burqut, qipchoq, yetti urug’, bahrin, yuz,
kenagas, saroy va boshqa qabilalarga nisbatan ana shunday siyosat yuritildi.Muhammad
Rahimxon yirik yer egalarining davlatni boshqarish ishlarida shu vaqtgacha
davom etib kelgan aralashuvlarini keskin kamaytirishga erisha oldi. Shunday
bo’lsa-da, u barcha bekliklarning markaziy hokimiyatni tan olishlariga to’la
erisha olmadi.
Doniyolbiy otaliq va Amir Shohmurod
Muhammad Rahimxon vafotidan
so’ng va uning amakisi Doniyolbiy otaliq hokimiyatni o’z qo’liga oldi (1758-1785).
U o’zini xon atamadi va Abulfayzxonning nabirasi Abulg’ozini taxtga o’tqazdi.
Doniyolbiy ham otaliq mansabini, ham amaldagi hukmdorlikni o’z qo’lida saqlab
qoladi. U o’z qo’shinlarini mustahkamlashga, unga tayanib ish ko’rishga harakat
qildi. Barcha mang’it beklariga katta yer-mulkni tanho qilib berdi. Xalqdan
olinadigan soliqlarni ko’paytirdi. Uning davrida Balx, Hisor, Ko’lob, O’ratepa
bekliklarining mustaqillikka intilishlari kuchaydi. Katta yer egalari, qushbegi
va qozikalonlarning o’zboshimchaligini esa sindira olmadi. O’g’illaridan bin
Shohmurod darvishona hayot kechirar, shayx maslahati bilan bozorda hammollik
qilardi. Keyin esa pichoqqa qin yasab sotib, shu orqali ro’zg’or tebratardi.
Xalq orasida obro’si katta bo’lgani uchun Doniyolbiy unga hokimiyatni
topshirdi. Amir Shohmurod (1785-1800). Amir Doniyolbiy otaliqning to’ng’ich
o’g’li bo’lib, yoshligidan xudojo’y, porso bo’lib o’sgan. Madrasani bitirib,
darvishlik suluki tarafdori, targ’ibotchisidan biriga aylanadi. Shohmurod
Abulg’ozini hokimiyatdan chetlatib, o’zini Buxoro amiri deb e’lon qiladi va
taxtni egallaydi. Xalq unga hurmat bilan „amiri ma‘sum” (begunoh amir) unvonini
bergan. Shohmurod o’z faoliyatida ommaga
tayanib ish tutdi. Adolat tamoyillariga qattiq amal qildi. O’zi ham nihoyatda
kamtarin hayot kechirgan. Masalan, bir yilda bir olacha chopon, bir bo’z
ko’ylak kiygan. Boshiga olti gazli bo’z salla, oyog’iga echki terisidan
tikilgan saxtiyon mahsi hamda kavush kiygan. Amir Shohmurod Samarqand shahrida
katta bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi. Shahar markazida olti qirrali
chorsu qurilib, „Toqi musaddas” deb atalgan. Samarqandning har bir madrasasiga
imom, muazzin, mudarrislarni o’zi tayinlagan. Talabalar va mudarrislarning
maoshi uchun vaqf yerlari va mulklar ajratgan. Amir Shohmurod ba’zi islohotlar
o’tkazib, davlatni mustahkamlashga erishdi. Boj va xirojdan boshqa barcha
soliqlarni kamaytirdi. Rais mansabini va qo’shin tarkibida qozi askar
lavozimini joriy qildi. Mamlakat iqtisodini yo’lga qo’yishda Shohmurod o’tkazgan
pul islohoti muhim ahamiyat kasb etdi. Ashtarxoniylar davrida zarb qilingan
tangalarda kumush miqdori kamaytirib yuborilgan edi. Shohmurod joriy qilgan
qonun bo’yicha kim mol-mulkka xiyonat qilsa, jamiyatdagi martabasidan qat’i
nazar qattiq jazoga tortilishi lozim edi. Bu tadbir xalq manfaatlariga
tajovuzning oldini oldi.
Normurod Narzullayev 1934 yilning 7 iyulida Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi Ho’jahayron qishlog’oda dehqon oilasida dunyoga keldi. U yeti yillik ma’lumotni o’z qishlog’idagi maktabda oldi.
