SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    13
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Mustaqillik va ma'naviyat

Tarix uchun o’ta qisqa muddat ichida Prezident Islom Karimov rahbarligida yangi O’zbekiston davlati tashkil topdi va jahon sahnasidan o’ziga munosib o’rin egalladi. Huquqiy, demokratik va fuqarolik jamiyatining asoslari yaratildi. Hayotimizning  barcha sohalarini qamrab olgan keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz rahbarining dunyoda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash hamda, xalqaro terrorizmga qarshi kurashga qo’shgan hissasi jahon hamjamiyati tomonidan yuksak darajada e'tirof etildi. O’zbekiston dunyoning turli mintaqalarida joylashgan ko’plab mamlakatlar bilan o’zaro manfaatdorlikka asoslangan aloqalar o’rnatdi.

Eng muhimi - biz o’zligimizni angladik, o’zbek degan muborak nom dunyoda o’z qadrini topdi. Xullas, mustaqillik yillarida ezgu va oliy maqsad yo’lida amalga oshirilgan ulkan ishlar haqida har qancha gapirsak ozlik qiladi. Tog’ning mahobatini oldida turib emas, uzoqdan yaqqolroq ko’rish mumkin bo’lganidek, bu ishlarning ahamiyati yillar o’tgan sayin ortib boraveradi va minnatdor avlodlar, shubhasiz, ularga munosib baho beradi. Ma'lumki, xalqimiz tarixining buyukligi, avvalo, ma'naviyati va ma'rifatining yuksakligi bilan belgilanadi. Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyotiga, xususan, ilm-fan, ma'naviyat va ma'rifatning yuksalishiga ulkan hissa qo’shgan. Temuriylar, boburiylar tomonidan yaratilgan buyuk saltanatlar, ular rahnamoligida barpo etilgan muhtasham tarixiy obidalar bugun ham xalqimiz dahosining yorqin namunasi sifatida dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda.                                 

Zabardast adiblarimiz yaratgan yuzlab badiiy asarlar jahon adabiyotining tengsiz durdonalari sifatida insoniyatning ma'naviy mulkiga aylangan. Xullas, o’zbek xalqi ma'naviyatini yuksaklikka ko’targan misollarning chek-chegarasi yo’q. Ular Vatandoshlarimizning dunyoqarashi, fe'l-atvori, tafakkurida, urf-odatlari, an'analari va udumlarida o’z ifodasini topgan.

Jannatmonand yurtimizga yovuz maqsadlar bilan kelgan bosqinchilar, mustamlakachilar bunday yuksak ma'naviyat oldida o’zlarini yovvoyi his qilgan va go’zal obidalarni vahshiylarcha vayron etgan, bebaho kitoblarni o’tda yoqqan, ilm-fan, ma'naviyat va ma'rifat taraqqiyotini bo’g’ishga uringan. Ular tomonidan ming-minglab ziyolilar, yozuvchilar, san'atkorlar qatag’on qilingan, tarixiy osori atiqalarimiz, boyliklarimiz shafqatsizlarcha talangan. Bu mudhish jarayon to O’zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar davom etdi.

Biz mustaqillikka erishgan paytda jamiyat shunday og’ir, tanazzul komiga tortilgan, xalqning ruhi cho’kkan, odamlar ertangi kunga bo’lgan ishonchini yo’qotgan, jinoyatchilik avjiga mingan, bosqinchilik, odam o’ldirish, mashina o’g’irlash kabi mudhish jinoyatlar odat tusiga kirgan edi. Prezident Islom Karimov o’sha davrdagi vaziyatni quyidagicha izohlagan: "Xalqning urf-odatlari, an'analari, madaniyati obdan oyoqosti qilindi, ona tilining qo’llanish sohasi sun'iy tarzda cheklab qo’yildi.

Ana shunday murakkab sharoitda xalqni yangi mustaqil davlat barpo etishga safarbar qilish uchun, avvalo, uning ma'naviyatini, ruhiyatini tiklash lozim edi. Xuddi shu sabab O’zbekiston rahbari o’z faoliyatini ma'naviyatimizni tiklashdan boshladi.

O’tgan yillar davomida totalitar tuzum davrida taqiqlangan, milliy tafakkurimiz va tarixiy xotiramizning yorqin ifodasi ramzi bo’lgan milliy va diniy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an'analarimiz, bayramlarimiz, qariyb unutilayozgan buyuk ajdodlarimizning muborak nomlari qayotga qaytdi, ularning ezgu ishlari e'zoz va qadr topdi. Tashlandiq joylarga aylantirilib, vayrona bo’lgan minglab masjidu madrasalar, muqaddas qadamjolar ta'mirlandi. Man qilingan kitoblar chop etildi. Tariximiz to’g’risidagi asl haqiqat ro’yobga chiqdi. O’zimizga savol berib ko’raylik: bularsiz biz kimmiz? Hayotimizni ularsiz tasavvur eta olamizmi? Bu savollarga insof bilan, to’g’ri javob bera olsakkina masalaning tub mohiyatiga yetishimiz mumkin.

Mamlakatimiz rahbarining tashabbusi bilan 1989 yiliyoq o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Milliy qadriyatlarimiz tiklana bordi. Jumladan, 1991 yil 12 fevralida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada "Navro’z" umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish haqida"gi Farmoni e'lon qilingan. Unda "asrlar davomida shakllangan urf-odatlar va udumlarni e'zozlash maqsadida "Navro’z" bayramini keng nishonlash yuzasidan chora-tadbirlar" belgilangan. Mana shundan boshlab "Navro’z" tom ma'nodagi xalq bayramiga aylangan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan 1991 yil 16 aprel Ramazon hayiti kuniga to’g’ri kelganligi munosabati bilan dam olish kuni deb e'lon qilingan edi. Xalqimizning xohish va irodasi ifodalangan bu tarixiy

Farmonni barcha mo’min musulmonlar katta shodu xurramlik bilan kutib olishgan. Aynan shu sanadan boshlab yurtimizda Ramazon va Qurbon hayitlari bayram qilib kelinmoqda. Diniy merosimiz sarchashmalari bo’lgan Qur'oni karim va hadisi shariflar o’zbek tiliga tarjima qilinib, ko’p ming nusxada bir necha marta nashr qilindi. Xalqimiz bu merosning chinakam sohibiga aylandi.

Bu borada Prezidentimiz Islom Karimov shunday degan edi: "Odamzodning rizq-nasibasi faqat nongina emas. Jumhuriyat hududida o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish to’qrisidagi qonunning qabul qilinishi, ilgari taqiqlab qo’yilgan urf-odatlar va an'analarning tiklanishi, xalq e'zozlagan "Navro’z" bayramining qayta tuqilishi, shu kunning dam olish kuni deb e'lon qilingani, O’zbekistondan xizmatga chaqirilayotgan yigitlar qurilish qismlaridagi harbiy xizmati tartibining o’zgartirilishi va boshqa ko’p tadbirlar insonga g’amxo’rlik, xalqqa izzat-ikromning mujassam bo’lishidir. Bularning hammasi, birovlar behuda uqtirishga urinayotganidek, xalqqa xushomad emas, balki bizning prinsipial yo’limizdir, biz bu yo’lni kelajakda ham izchillik bilan amalga oshiraveramiz".

Shunday qilib, tarix uchun bir soniyadek bo’lgan bu davrda O’zbekiston asrlarga tatigulik taraqqiyot va ma'naviy yuksalish yo’lini bosib o’tdi. Xalqimizning asrlar mobaynida misqollab to’plagan bebaqo ma'naviy merosini tiklash va odamlarni undan bahramand qilish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Buyuk ajdodlarimizning tavallud to’ylari, qadimiy shaharlarimiz va "Avesto", "Alpomish" kabi buyuk asarlarimizning yubileylari o’tkazildi. Bularning ahamiyati nimada?!

Bular tufayli, birinchi navbatda, biz o’zligimizni angladik, o’tganlarning ruhi shod, ko’ngil mulkimiz obod bo’ldi. Shahar va qishloqlar, madrasayu masjidlar qayta tiklandi, qanchadan-qancha kitoblar chop etildi. Ikkinchidan, ma'naviyatimiz orqali

millatimiz qadri, sha'nu shavkati tiklandi. Bular hammasi mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yosh avlod uchun vatanparvarlik va fidoyilik, elim deb, yurtim deb yonib yashashning, millat istiqboli uchun qayg’urishning yorqin ifodasi bo’lib qoladi.

Bunga shubha yo’q.

Yurtimizda boshlangan ana shunday ezgu jarayonlarni islohotlarning ustuvor yo’nalishiga aylantirish maqsadida 1994 yil 23 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazi tashkil etildi. Bu davlatchiligimiz tarixida avvallari kuzatilmagan hodisa hisoblanadi. Mazkur Farmonda milliy tafakkurni rivojlantirish, ma'naviyat va ma'rifatni yanada kamol toptirishga ko’maklashish niyatida "Tafakkur" jurnalini chop etish ham belgilab qo’yilgan. Shundan keyin joylarda ma'naviyat va ma'rifat ishlariga e'tibor yanada kuchaydi, viloyatlarda Markaz bo’limlari, maxsus targ’ibotchilar guruxlari tashkil etildi. Minglab uchrashuv, muloqot, davra suhbatlari uyushtirildi, yuzlab maqolalar, ilmiy risolalar chop etildi. Bularning barchasi jamiyatdagi sog’lom kuchlar - yuksak iste'dod va tafakkur sohiblarining aqliy salohiyatini Vatan istiqboli sari yo’naltirish, millatlararo do’stlik va hamjiqatlikni mustaqkamlash, odamlarning ma'naviy kamolotini yuksaltirish, ajdodlarimiz tomonidan asrlar mobaynida yaratilgan bebaqo madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashga, eng asosiysi, o’zligimizni anglashga katta ta'sir ko’rsatdi, xalqimizning buyuk yaratuvchanlik dahosini ro’yobga chiqarishga xizmat qildi. Muhimi, jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri - soqlom ma'naviy-ma'rifiy muhit yaratildi.

"Tafakkur" jurnalining ta'sis etilishi, ham shubhasiz, ijtimoiy qayotimizning muhim voqeasiga aylandi. O’tgan yillar mobaynida jurnalda mustaqil taraqqiyotimiz ko’pqirrali jarayonining mazmun va mohiyatini tahlil qilishga qaratilgan ko’plab salmoqli maqolalar chop etildi. Xullas, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ta'sis etilgan mazkur jurnal jamiyatimizda o’ziga munosib o’rin egalladi. Tarixdan ma'lumki, barcha davlatlarda ham taraqqiyot, avvalambor, insonlarning ma'naviy kamoloti bilan belgilanadi, taraqqiy etgan davlat faqat yuksak ma'naviyat zaminidagina vujudga keladi. Shuning uchun ham ma'naviy islohotlarni yanada jadallashtirish, xalqimizni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdek uluq maqsadga safarbar etish, ularning imkon va saloqiyatini birlashtirish, aqolining ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida 1999 yil 3 sentyabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashini qo’llab-quvvatlash to’g’risida"gi Farmoni e'lon qilindi. Unda "mamlakat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish jarayonida aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirib borishda yuksak ma'naviyat va ma'rifatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur egallagan, demokratik tamoyillar hamda fuqarolik jamiyati asoslarini har tomonlama o’zlashtirgan,shaxsiy va umummilliy manfaatlarini o’zaro uyg’un ko’ra oladigan erkin shaxs va ongli avlodni tarbiyalash" Kengashning asosiy vazifasi sifatida belgilab qo’yildi.

Ma'lumki, qozirgi davrda turli mafkura va ta'limotlar o’rtasidagi ziddiyatlar tobora kuchayib, inson ongi va tafakkurini zabt etish qurolli to’qnashuvlarga olib bormoqda. Jumladan, xalqaro terrorizm va aqidaparastlikning boshqa ko’rinishlari asrimiz vabosi sifatida ko’plab begunoq odamlarning hayotiga zomin bo’lmoqda. Fahsh, jangarilik, zo’ravonlik, milliy mahdudlik, informatsion xurujlar yoshlarimiz ongiga tajovuz qilmoqda. Ulardan ko’zlangan asosiy maqsad - qayriinsoniy tubanlikni tarqib qilish, milliy qadriyatlarimizni obro’sizlantirishdir. Ana shunday global tahdidlarni bartaraf etish, qadriyatlarimizni asrab-avaylash, globallashuv jarayonida o’zligimizni asrab qolishni to’la ta'minlash ham Kengashning asosiy vazifasi hisoblanadi. Uni amalga oshirish uchun jamiyatimizdagi barcha soqlom kuchlarni birlashtirishimiz kerak. Zero, bugun xalqlarning taqdiri janggoqlarda emas, balki mafkuraviy, ma'naviy-ma'rifiy kurash maydonlarida hal bo’lmoqda.

Administrator
Sayt administratori
Ko‘chirib olishni xohlasangiz, saytga a’zo bo‘ling yoki foydalanuvchi nomi ostida kiring.

Hozirgacha hech kim fikr bildirmagan!
Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan